Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
ARTISHOK SABZAVOT O‘SIMLIGIDA SELEKSIYA ISHI NATIJALARI
Aliyev Baxodir Xasanovich
Maqolada analitik seleksiya usulidan foydalanib artishokning yangi “Janub go‘zali” navini yaratish jarayoni, yaratilgan yangi navning kelib chiqishi, agrotexnikasi, afzalliklari, yangiligi, farqliligi, turdoshligi va barqarorliligi haqida ma’lumotlar berilgan.
-
ZAMBURUG‘LI KASALLIKLAR BILAN ZARARLANGAN NOK BARGLARIDA FOTOSINTETIK PIGMENTLAR TAHLILI
Pulatov Azizjon Allayor o‘g‘li, Amonov Shaxboz To‘lqin o‘g‘li, Islomova Gulxayo Qarshiboy qizi
Zamburug‘li kasalliklar nok barglarida fotosintetik apparat faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatib, о‘simliklarning fiziologik holati va mahsuldorligini pasaytiradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi Venturia pyrina (nok parshasi) va Monilinia fructigena (monilioz) patogenlari bilan zararlangan …
-
TOKNING MILDYU KASALLIGINI TARQALISHI VA KELTIRADIGAN ZARARI
Raxmatov Asror
Maqolada 2019-2021 yillarda Respublikamizning Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari tokzorlarida mildyu kasalligini tarqalishi va keltiradigan zarari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tokning mildyu kasalligi Toshkent, Samarqand va Farg‘ona …
-
FUNDUK (Corylus avellana) O‘SIMLIGINING UNSHUDRING KASALLIGI BILAN ZARARLANISHI
Ulug‘ov Zoxid, Umarov Zafar
Ushbu maqolada funduk (Corylus avellana) o‘simligini unshudring (Phylactinia guttata) kasalligi bilan zararlanishi yuzasidan tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqotlarda respublikamiz sharoitida ekib kelinayotgan fundukning 3 ta navlari zamburug‘li kasalliklarga chidamliligi o‘rganilib, ulardan …
-
NOK (PYRUS COMMUNIS L.) NAV VA DURAGAYLARINING FENOLOGIK RIVOJLANISHI
Abdullayeva Xilola, Tashboyev Shuxrat
Maqolada nok nav va duragaylarining O‘zbekiston sharoitidagi fenologik rivojlanishi tadqiq etilgan. Navlarning vegetatsiya davri, gullash va pishish muddatlari qiyosiy tahlil qilingan. Yangi №39-23 duragayining bahorgi ayozlarga chidamliligi va yuqori moslashuvchanlik …
-
OLMANING USTUNSIMON NAVLARINING BARGLARI VA BO‘G‘IM ORALIQLARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Nuriddinov Soxibjon
Maqolada Andijon viloyatining sug‘oriladigan bo‘z tuproqlari sharoitida turli o‘sish kuchiga ega bo‘lgan turli payvandtaglarga ulangan ustunsimon olma navlari ko‘chatlarining barg apparati va bo‘g‘im oraliqlari biometrik ko‘rsatkichlarini qiyosiy baholash natijalari bayon …
-
UZUMNING XO‘RAKI NAVLARI QALAMCHALARINI TOMCHILATIB SUG‘ORISH TIZIMINI QO‘LLAGAN HOLDA YETISHTIRISHNI AHAMIYATI
Axmedov Shuxrat, Qosimov Axmadjon, Ganiyev Shaxzod, Raxmatxodjayev Sherzod
Mazkur maqolada xo‘raki uzum navlari (Kelin barmoq, Oq Husayni va Rizamat) qalamchalarini ko‘paytirishda tomchilatib sug‘orish tizimining an’anaviy egatlab sug‘orishga nisbatan afzalliklari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tomchilatib sug‘orish tuproqning …
-
LIMON (CITRUS LIMON L.) NAVLARI MEVALARINI SAQLANUVCHANLIGI HAMDA SAQLASH DAVRIDA MEVALAR VAZNINING TABIIY KAMAYISHI
Daniyarov Oblanazar, Safarov Asqarbek
Limonning Meyer va O‘zbekiston to‘ng‘ichi navlari mevalarini sovutkichli omborlarda turli usullarda saqlanganda mevalar vaznining tabiiy kamayishiga turli qadoqlash vositalarining ta’siri aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra limon mevalari havo harorati 2-3 °C, …
-
KIZIL (CORNUS MAS L.) GA SHAKL BERISH VA BUTASHNING O‘SIMLIK HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Reypnazarova Gulperiyzat, Obidjanov Dilshod
Ushbu maqolada kizil (C.mas) o‘simligi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan jumladan kizil o‘simligining butasimon daraxtligi va betartib o‘sishi ularning oldini olish uchun va hosildorligini yanada kuchaytirish uchun ularga shakl berish va …
-
TOKZORLARDA LEPIDOPTERA TURKUMI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASHDA ENTOMOFAGLARNI QO‘LLASHNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Ubaydullaev Sardor
Ushbu maqolada tokzorlarda uchraydigan Lepidoptera turkumi zararkunandalariga qarshi kurashda entomofaglarni qo‘llashning biologik samaradorligi keltirilgan. Tadqiqotlar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot …
-
TOKDA ANTRAKNOZ KASALLIGIGA QARSHI KURASH CHORALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Rahmonov Ubaydillo, Xodjamqulova Sitora, Razakova Ro‘zigul
Mazkur tadqiqotda Surxondaryo viloyati sharoitida tokning antraknoz kasalligi va uning qo‘zg‘atuvchisi Elsinoë ampelina zamburug‘ining biologik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida uzumning turli navlarida kasallikning tarqalishi, rivojlanishi va zarari baholanib, unga qarshi …
-
UZUM SIRKASINING ANTIFUNGAL XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH METODLARI
Xushboqova Shaxnoza, Xo‘janazarova Mo‘tabar, Azimova Dildoraxon
Ushbu maqolada uzum sirkasining antifungal xususiyatlarini o‘rganishning zamonaviy laboratoriya metodlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda uzum sirkasining turli konsentratsiyalari (10–100 %) in vitro sharoitda patogen zamburug‘lar — Candida albicans, Aspergillus …
-
KRIJOVNIK NAVINING YASHIL VA YOGʻOCHLANGAN QALAMCHALAR TAYYORLAB KO‘CHATLARINI KO‘PAYTIRISH USULLARINI ANIQLASH
Qosimov Axmadjon, Tursunov Jamshidbek
Mazkur tadqiqotda krijovnik (Invikta navi)ni yashil va yog‘ochlangan qalamchalar orqali ko‘paytirish o‘rganildi. Eng yuqori ko‘karish iyul oyidagi yashil qalamchalarda (88,0%) kuzatildi. Yog‘ochlangan qalamchalarda esa natija pastroq bo‘lib, noyabrda 62,6% ni …
-
TOK EKSPLANTLARINI KULTURAGA KIRITISHDA STERILLASH JARAYONLARINING TA’SIRI
Sheripbaev Ne’matulla
Ushbu ilmiy maqolada tok (uzum) o‘simligi eksplantlarini in vitro sharoitida kulturaga kiritishda sterillovchi natriy gipoxlorit (NaOCl) va uning ta’sir davomiyligi tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi - o‘simlik to‘qimalarining yashovchanligini saqlab …
-
ZIZIPHYS JUJUBA MIL. OʻSIMLIGINING ALKALOIDLARI
Ziyayev Rixsivoy, Aripova Salimaxon
Oʻzbekistonda oʻstirilayotgan Ziziphys jujube Mill oʻsimligining alkaloidlari bizda birinchi marta oʻrganilib, akademik R.R. Shreder nomli Bogʻdorchilik va uzumchilik ilmiy tekshirish instituti (Toshkent viloyati, Toshkent tumani) bogʻidan yigʻilgan barglaridan 6 ta …
-
NAMANGAN VILOYATINING INTENSIV OLMA BOG‘LARIDA QIZIL QON BITI (ERIOSOMA LANIGERUM HAUSM.)GA QARSHI YANGI AVLOD INSEKTOAKARASIDLARINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Yoʻldashev Shavkatjon, Davlatov Ilhomjon
Ushbu maqolada Namangan viloyatining Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi intensiv olma bog‘larida xavfli zararkunanda — qizil qon bitiga qarshi zamonaviy insektoakarasidlarning biologik samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tajribalar …
-
QIZIL QON BITINING NAMANGAN VILOYATIDAGI YOZGI VA KUZGI MIGRATSIYALARI
Mamatov Maxmudjon, Yoʻldashev Shavkatjon, Davlatov Ilhomjon
Maqolada Namangan viloyatining turli tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan hududlarida, xususan Yangiqo‘rg‘on va Uychi tumanlarida joylashgan olma bog‘larining eng xavfli va iqtisodiy zarar keltiruvchi kushandalaridan biri hisoblangan qizil qon bitining mavsumiy …
-
UZUM SIRKASINING ZAMBURUG‘LARDAN HIMOYA XUSUSIYATLARI VA MEVALARNI SAQLASHDAGI AHAMIYATI
Xushboqova Shaxnoza, Xo‘janazarova Mo‘tabar, Azimova Dildoraxon
Uzum sirkasi tabiiy fermentatsiya mahsuloti hisoblanadi. Uzum sirkasining antifungal ta’siri asosan tarkibidagi organik kislotalar hamda turli fenologik birikmalar bilan bog’liq. Bizga ma’lumki zamburug’lar mevalarning saqlashda asosiy buzilish sabablaridan biridir. Tarkibidagi …
-
O‘RIK NAVLARINI SUN’IY CHATISHTIRISH ORQALI YANGI DURAGAYLAR OLISH
Ro‘zimurodov Musurmon, Xamidov Akbar
Ushbu maqolada Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi seleksiya bo‘limida 2025-yilda o‘rik navlarini navlararo sun’iy chatishtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar yoritilgan. Tadqiqotda “Yubeliyniy Navoiy” va “Shalaq” navlari onalik, mahalliy “Subxoniy” navi esa otalik …
-
OLMANING PAKANA VA YARIM M9 VA MM106 PAYVANDTAGLARI QALAMCHALARINI TURLI SUBSTRATLARDA ILDIZ OTTIRISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Amonov Shohboz, Qurbonov Fazliddin
Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida 2025-yilda meva va uzum agrotexnikasi bo‘limi tomonidan urug‘ va danak mevalilar uchun pakana (M9) va yarim pakana (MM106) olma payvandtaglarini ko‘paytirish maqsadida qalamchalarni turli substratlarda ildiz ottirish …