2-maqola
DOI: 10.63241/akhvvol119y2026iss4m56
TOKDA ANTRAKNOZ KASALLIGIGA QARSHI KURASH CHORALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Xodjamqulova Sitora
Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
ORCID: 0009-0007-5786-8854
Annotatsiya
<p>Mazkur tadqiqotda Surxondaryo viloyati sharoitida tokning antraknoz kasalligi va uning qo‘zg‘atuvchisi Elsinoë ampelina zamburug‘ining biologik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida uzumning turli navlarida kasallikning tarqalishi, rivojlanishi va zarari baholanib, unga qarshi kimyoviy hamda biologik preparatlarning samaradorligi aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, Kamistar 32,5% sus.k. fungitsidi va Orgamika S biofungitsidi yuqori biologik samaradorlik ko‘rsatdi. Shuningdek, Bordo suyuqligi, Kamistar 32,5% sus.k. va Orgamika S preparatlarini fenologik bosqichlarga mos ravishda qo‘llash orqali antraknoz rivojlanishini sezilarli darajada kamaytirish hamda hosildorlikni oshirish mumkinligi isbotlandi.</p>
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150
№4 [119], 2026
Chop etilgan: 01.06.2026