2-maqola
DOI: 10.63241/akhvvol117y2026iss2m11
NAMANGAN VILOYATINING INTENSIV OLMA BOG‘LARIDA QIZIL QON BITI (ERIOSOMA LANIGERUM HAUSM.)GA QARSHI YANGI AVLOD INSEKTOAKARASIDLARINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Yoʻldashev Shavkatjon
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi
ORCID: 0009-0007-4903-1368
Davlatov Ilhomjon
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi
ORCID: 0009-0002-2952-2112
Abstract
Ushbu maqolada Namangan viloyatining Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi intensiv olma bog‘larida xavfli zararkunanda — qizil qon bitiga qarshi zamonaviy insektoakarasidlarning biologik samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tajribalar davomida Nurell ekstra 55% em.k., Tvingo 20% sus.k., Protekt 5% em.k. va Vinfos 75% em.k. preparatlarining ta’sir kuchi qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Vinfos 75% em.k. preparati 0,5 l/ga sarf me’yorida qo‘llanilganda, ishlovdan keyingi 14-kunga kelib eng yuqori biologik samaradorlikni (93,3%) qayd etdi.
How to cite
GOSTYoʻldashev S., Davlatov I. NAMANGAN VILOYATINING INTENSIV OLMA BOG‘LARIDA QIZIL QON BITI (ERIOSOMA LANIGERUM HAUSM.)GA QARSHI YANGI AVLOD INSEKTOAKARASIDLARINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №2 (117). – DOI: 10.63241/akhvvol117y2026iss2m11.
APAYoʻldashev S., Davlatov I. (2026). NAMANGAN VILOYATINING INTENSIV OLMA BOG‘LARIDA QIZIL QON BITI (ERIOSOMA LANIGERUM HAUSM.)GA QARSHI YANGI AVLOD INSEKTOAKARASIDLARINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 117(2). https://doi.org/10.63241/akhvvol117y2026iss2m11
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150
№2 [117], 2026
Published: 01.04.2026