AGRO KIMYO HIMOYA
2-maqola

OLMANING USTUNSIMON NAVLARINING BARGLARI VA BO‘G‘IM ORALIQLARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILI

Nuriddinov Soxibjon
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0008-3645-8845

Annotatsiya

<p>Maqolada Andijon viloyatining sug‘oriladigan bo‘z tuproqlari&nbsp;sharoitida turli o‘sish kuchiga ega bo‘lgan turli payvandtaglarga ulangan ustunsimon&nbsp;olma navlari ko‘chatlarining barg apparati va bo‘g‘im oraliqlari biometrik&nbsp;ko‘rsatkichlarini qiyosiy baholash natijalari bayon etilgan. Endogen regulyator&nbsp;sifatida payvandtagning o‘sish kuchi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.&nbsp;Payvandtag quvvati M9 dan olma urug‘ko‘chatiga qarab ortib borishi bilan barcha&nbsp;navlarda bir tupdagi umumiy barg sathi maydoni va bo‘g‘im oralig‘i uzunligi 2,0–2,3 barobargacha yuqorilashi kuzatildi. Navlar kesimida Prezident va Ostankino genotiplari o‘zining kuchli fotosintetik potensiali bilan, Djin navi esa barcha variantlarda maksimal ixchamligi va kalta bo‘g‘im oraliqlari (1,2–1,8 sm) bilan&nbsp;ajralib turdi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Chop etilgan: 22.06.2026