AGRO KIMYO HIMOYA

OLMANING PAKANA VA YARIM M9 VA MM106 PAYVANDTAGLARI QALAMCHALARINI TURLI SUBSTRATLARDA ILDIZ OTTIRISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Amonov Shohboz
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi
ORCID: 0009-0002-3373-9023
Qurbonov Fazliddin
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi
ORCID: 0009-0006-7464-1865

Annotatsiya

<p>Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida 2025-yilda meva va uzum agrotexnikasi bo‘limi tomonidan urug‘ va danak mevalilar uchun pakana (M9) va yarim pakana (MM106) olma payvandtaglarini ko‘paytirish maqsadida qalamchalarni turli substratlarda ildiz ottirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazildi. Tajriba 7 xil sharoitda olib borilib, qalamchalar bir xil uzunlik va qalinlikda tayyorlanib, ildiz hosil qiluvchi eritma bilan ishlov berilgandan so‘ng ekildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, har ikkala payvandtag uchun eng yuqori ildiz otish ko‘rsatkichi yog‘och qipig‘i va biogumus aralashmasida kuzatildi (M9 – 80%, MM106 – 85%), eng past natija esa tuproqli sharoitda qayd etildi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №2 [117], 2026 Chop etilgan: 01.04.2026