Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDA ORALIQ VA TAKRORIY EKINLARNI ANG‘IZ MAYDONLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH.
G‘apparov Akmal Uroqovich, Nematov Tulqin Ergashevich
Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda ang‘iz maydonlaridan samarali foydalanib takroriy ekinlar no‘xat, mosh, loviya, soya siderat ekinlar raps, suli, javdar perko kabi keng qamrovli ekinlarni ekilib, …
-
QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
Sulaymonov Botirjon, Baxodirov Ulug‘bek
Mazkur maqolada Bracon hebetor Say parazitini ommaviy ko‘paytirish uchun yaratilgan maxsus qurilmaning biologik samaradorligi baholangan. O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti biolaboratoriyasi sharoitida olib borildi. Tajribalarda xo‘jayin hasharot sifatida katta …
-
KARTOSHKA O‘SIMLIGINI KOLORADO QO‘NG‘IZIDAN HIMOYA QILISHDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALI ULTRATOVUSH QURILMASIDAN FOYDALANISH
Abdikarimov Abdiraxim, Bayzakov Taxir
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, kartoshka yetishtirish samaradorligini oshirish hamda kartoshka ekinlariga jiddiy zarar yetkazuvchi Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi kurashish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda Kolorado qo‘ng‘izining morfologik tuzilishi, biologik xususiyatlari va kartoshka …
-
QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI EKSPORTIDA PESTITSID QOLDIQLARINI KAMAYTIRISHDA ENTOMOPATOGEN NEMATODALARNING ROLI: HECI YONDASHUVI ASOSIDA
Qurbonova Nafosat, Tillyaxodjayeva Nigora, Karimova Rixsiniso, Usmonqulova Aziza
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda asosiy muammolardan biri - pestitsid qoldiqlarining yuqori darajada saqlanib qolishidir. Ushbu holat mahsulotlarning xalqaro bozor talablariga mos kelmasligiga olib keladi. Mazkur maqolada entomopatogen …
-
БИОЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ МИНДАЛЯ (AMYGDALUS COMMUNIS L.) И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИИ ЕГО РАЗМНОЖЕНИЯ В УСЛОВИЯХ АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ
Каримова Сардора
Bodom (Amygdalus communis L.) – yuqori darajadagi qurg‘oqchilikka chidamliligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadigan muhim yong‘oq mevali ekin hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida ushbu ekinning sanoat miqyosida yetishtirilish …
-
UZUMNING XO‘RAKI NAVLARI QALAMCHALARINI TOMCHILATIB SUG‘ORISH TIZIMINI QO‘LLAGAN HOLDA YETISHTIRISHNI AHAMIYATI
Axmedov Shuxrat, Qosimov Axmadjon, Ganiyev Shaxzod, Raxmatxodjayev Sherzod
Mazkur maqolada xo‘raki uzum navlari (Kelin barmoq, Oq Husayni va Rizamat) qalamchalarini ko‘paytirishda tomchilatib sug‘orish tizimining an’anaviy egatlab sug‘orishga nisbatan afzalliklari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tomchilatib sug‘orish tuproqning …
-
SHAFTOLI (PRUNUS PERSICA L.) YETISHTIRISHDA AGROTEXNIK TADBIRLARNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARIGA TA’SIRI
Yuldasheva Guzal
Mazkur maqolada shaftoli bog`larida agrotexnik tadbirlarni fenologik fazalar kesimida tizimli ravishda o`tkazishning daraxtlar rivojlanishi, biologik samaradorligi hamda chidamlilik xususiyatlariga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida tanlab olingan navlarning ozuqa tartibi, …
-
TAKRORIY MUDDATDA SHIRIN QALAMPIR YETISHTIRISHDA FENOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA SUG‘ORISH TARTIBOTI VA O‘G‘ITLASH ME’YORINING TA’SIRI
Rasulov Faxriddin
Ushbu maqolada takroriy muddatda shirin qalampir yetishtirishda fenologik ko‘rsatkichlariga sug‘orish tartibotini va o‘g‘itlash me’yorini mahalliy Dar Tashkenta va Zarya Vostoka navlari misolida ta’sirini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirlgan.
-
TAKRORIY MUDDATDA SHIRIN QALAMPIR YETISHTIRISHDA MEVALAR VAZNI VA SONIGA SUG‘ORISH TARTIBI VA O‘G‘ITLASH ME’YORINING TA’SIRI
Rasulov Faxriddin
Ushbu maqolada takroriy muddatda shirin qalampir yetishtirishda meva vazni va soniga sug‘orish tartibotini va o‘g‘itlash me’yorini mahalliy “Dar Tashkenta” va ‘Zarya Vostoka” navlari misolida ta’sirini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirlgan.
-
AMARANT — OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA CHIQINDISIZ TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA ISTIQBOLLI XOMASHYO
Yunusov Abrorbek, Nazarova Qunduzxon, Rahimova Gulbahor, Sharifjanov A’zamjon
Ushbu maqolada global iqlim oʻzgarishi va aholi sonining oʻsishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda agrosanoat majmuasida yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish masalalari tadqiq qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida ozuqaviy qiymati yuqori …
-
XORIJIY G‘O‘ZA NAVIDA O’SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA RETARDANT QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORLARI HAMDA SUG‘ORISH TARTIBINING TA’SIRI
Xasanova Firyuza, Qarabayev Ikromjon, Atabayeva Ma’mura, Saydaliyev Begijon
Maqolada xorijiy g‘o‘za navini yetishtirishda nazariy ko‘chat qalinligi 220–240 ming tup/ga, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70–75–65% darajada saqlanib, Entojan o‘sishni sozlovchi moddasini vegetatsiya davrida 6 martda 10:15:45:90:90:120 …
-
G‘O‘ZADA FIZIOLOGIK JARAYONLAR REGULYATSIYASI VA DEFOLIATSIYANI OPTIMALLASHTIRISH
Musayeva Gulbaxor, Abduraxmonov Diyorjon, Isroilov Dostonbek
Ushbu maqolada g‘o‘zada fiziologik jarayonlar regulyatsiyasi va defoliatsiyani optimallashtirish masalalari o‘rganildi. Dala tajribalari asosida defoliatsiya jarayonining o‘simlikning fiziologik holati va ko‘saklarning ochilishiga ta’siri tahlil qilindi. Defoliatsiyani optimal muddat va me’yorlarda …
-
MAHALLIY BENTONIT GILLARI ASOSIDA YARATILGAN AGROTEXNOLOGIK USULLARNING G‘O‘ZANING FOTOSINTETIK FAOLIYATI, QURUQ MODDA TO‘PLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRINI ILMIY ASOSLASH
Davronova Zohida, Boltayev Saydulla
Maqolada g‘o‘za yetishtirishda bentonit gillari qo‘llashning samaradorligi o‘rganildi. Chigitni bentonit gili bilan qobiqlash va bargidan oziqlantirish g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorligini oshirdi. Eng yaxshi natija chigitni 100 kg/t me’yorda qobiqlash …
-
RIJIK O‘SIMLIGINI YETISHTIRISHDA OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING DON HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
O‘rinova Gulnora
Mazkur maqolada rijik (Camelina sativa) o‘simligini yetishtirishda mineral o‘g‘itlar me’yorlarining o‘sish va rivojlanish jarayonlariga, qishga chidamliligiga hamda don hosildorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda Penziyak va Karat navlarida azot, fosfor va kaliy …
-
TAKRORIY EKIN SIFATIDA MOSH YETISHTIRISHNING TUPROQNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TA'SIRI
Shovkatov Bekzod, Negmatova Surayyo
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining taqirsimon tuproqlari sharoitida dukkakli ekin moshni “Durdona” navi takroriy ekin sifatida parvarishlanganda tuproqning agrokimyoviy xossalariga ekish muddati, me’yori hamda mikrobiologik o‘g‘itlarni ta’siri bayon etilgan. Mosh kuzgi …
-
MOSH VA LOVIYA YETISHTIRISHDA BEGONA O‘TLARGA QARSHI GERBITSIDLAR QO‘LLASHNING TUPROQNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TA’SIRI
Sattorov Shoximardon, Kimsanboyev Xujamurat, Usmonov Muhiddin, Abdillayev Marat
Maqolada Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproq sharoitida mosh va loviya ekinlarini yetishtirishda begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilgan gerbitsidlarning tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta’siri kompleks tarzda tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida gerbitsidlar qo‘llanilishi natijasida …
-
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA ALMASHLAB EKISH TIZIMLARI VA TURLI OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING TUPROQ G‘OVAKLIGIGA TA’SIRI
Ismailov Dauletbay, Xalikov Baxodir
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘za, jo‘xori, kunjut, soya va mosh ishtirokidagi almashlab ekish tizimlari hamda turli mineral o‘g‘it me’yorlarining tuproq g‘ovakligiga ta’siri o‘rganildi. Tajribalar 2023-2024 yillarda olib …
-
INFLUENCE OF ECOLOGICAL FACTORS ON THE FORMATION OF WHITEFLY (BEMISIA TABACI GENN.) POPULATIONS
Sulaymonov Botirjon, Turdimatova Nodira, Buronov Yusuf, Musurmonqulova Maftuna
Mazkur tadqiqotda Aleyrodidae oilasiga mansub oqkanotlar, xususan issiqxona oqkanoti (Trialeurodes vaporariorum West.) va g‘o‘za oqkanoti (Bemisia tabaci Genn.) populyatsiyalarining sabzavot va poliz ekinlari agrobiotsenozlarida shakllanishi hamda rivojlanishiga ekologik omillarning ta’siri …
-
IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA MEVALI BOG‘ ZARARKUNANDALARI BO‘YICHA MUAMMONING O‘RGANILGANLIK DARAJASI
Shukrullayeva Munisa
Iqlim o‘zgarishi va ekstremal ob-havo hodisalari ekinlar yetishtirish va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga katta ta'sir ko'rsatadi. Odatda moslashuvchan organizmlar sifatida hasharotlar zararkunandalari iqlim o‘zgarishining turli sabablariga turlicha munosabatda bo'lishadi. Ushbu sharhda …
-
CHLORELLA VULGARIS SP1 SHTAMMI ASOSIDA BIOLOGIK PREPARAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI VA UNING AMALIY AHAMIYATI
Irnazarov Shuxrat, Uljayeva Zumrad
Ushbu maqolada Chlorella vulgaris SP1 shtammi asosida biologik preparat tayyorlash texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida mikroalga biomassasini laboratoriya va yarim sanoat sharoitida yetishtirish, uni ajratib olish, quritish …