CHLORELLA VULGARIS SP1 SHTAMMI ASOSIDA BIOLOGIK PREPARAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI VA UNING AMALIY AHAMIYATI
Annotatsiya
<p>Ushbu maqolada Chlorella vulgaris SP1 shtammi asosida biologik preparat tayyorlash texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida mikroalga biomassasini laboratoriya va yarim sanoat sharoitida yetishtirish, uni ajratib olish, quritish hamda biologik faol komponentlarini saqlagan holda preparat shakliga keltirish bosqichlari tahlil qilingan. Oziqlantiruvchi muhit tarkibi, yorug‘lik intensivligi, harorat va aeratsiya kabi omillarning mikroalga o‘sishi va biomassa hosildorligiga ta’siri aniqlangan. Shuningdek, olingan biologik preparatning kimyoviy tarkibi (oqsil, lipid, vitaminlar va pigmentlar), biologik faolligi va qishloq xo‘jaligida va oziq-ovqat soxasida qo‘llash istiqbollari baholangan. Tadqiqot natijalari Chlorella vulgaris SP1 shtammi asosida ekologik toza va yuqori samarali biologik preparatlar ishlab chiqish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.</p>