AGRO KIMYO HIMOYA
2-maqola

TAKRORIY EKIN SIFATIDA MOSH YETISHTIRISHNING TUPROQNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TA'SIRI

Shovkatov Bekzod
Qarshi davlat universiteti
ORCID: 0009-0004-7923-3751
Negmatova Surayyo
PSUEAITI
ORCID: 0000-0002-6104-7924

Annotatsiya

<p>Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining taqirsimon&nbsp;tuproqlari sharoitida dukkakli ekin moshni “Durdona” navi takroriy ekin sifatida&nbsp;parvarishlanganda tuproqning agrokimyoviy xossalariga ekish muddati, me’yori&nbsp;hamda mikrobiologik o‘g‘itlarni ta’siri bayon etilgan. Mosh kuzgi bug‘doy&nbsp;ang‘izida don hosili uchun parvarishlashda erta muddatda (20-25.06) gektariga 14&nbsp;kg me’yorda ekib, o‘simlik urug‘iga “Organit N” va “Organit P” mikrobiologik&nbsp;o‘g‘itlar qo‘llanganda tuproq xossalariga ijobiy ta’sir etib, tuproqning haydov&nbsp;qatlami (0-30 sm) da nitratli azot miqdori 1,36 mg/kg; harakatchan fosfor 1,05&nbsp;mg/kg va almashinuvchi kaliy 7,0 mg/kg ga ko‘payganligi ilmiy izohlangan.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Chop etilgan: 22.06.2026