AGRO KIMYO HIMOYA
2-maqola

MOSH VA LOVIYA YETISHTIRISHDA BEGONA O‘TLARGA QARSHI GERBITSIDLAR QO‘LLASHNING TUPROQNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TA’SIRI

Sattorov Shoximardon
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0000-0012-4714
Kimsanboyev Xujamurat
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
Usmonov Muhiddin
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
Abdillayev Marat
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0002-1199-8665

Annotatsiya

<p>Maqolada Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproq sharoitida&nbsp;mosh va loviya ekinlarini yetishtirishda begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilgan&nbsp;gerbitsidlarning tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta’siri kompleks tarzda tadqiq&nbsp;etilgan. Tadqiqot jarayonida gerbitsidlar qo‘llanilishi natijasida tuproqning asosiy&nbsp;agrokimyoviy ko‘rsatkichlari, jumladan gumus miqdori, harakatchan ozuqa&nbsp;elementlari (azot, fosfor, kaliy) hamda boshqa muhim ko‘rsatkichlarda yuzaga&nbsp;kelgan o‘zgarishlar tahlil qilingan.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Chop etilgan: 22.06.2026