2-maqola

XORIJIY G‘O‘ZA NAVIDA O’SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA RETARDANT QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORLARI HAMDA SUG‘ORISH TARTIBINING TA’SIRI

Xasanova Firyuza
PSUEAITI
ORCID: 0000-0003-0696-7135
Qarabayev Ikromjon
PSUEAITI
ORCID: 0000-0002-8086-2289
Atabayeva Ma’mura
AndQXAI
Saydaliyev Begijon
AndQXAI
ORCID: 0009-0004-6218-9790

Abstract

Maqolada xorijiy g‘o‘za navini yetishtirishda nazariy ko‘chat qalinligi 220–240 ming tup/ga, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70–75–65% darajada saqlanib, Entojan o‘sishni sozlovchi moddasini vegetatsiya davrida 6 martda 10:15:45:90:90:120 g/ga me’yorlarda qo‘llashning g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu variantda o‘simlik bo‘yi 4-variantga nisbatan 3,3 sm, hosil shohlari 0,8 dona va ko‘saklar soni 1,8 donagacha yuqori bo‘lishi aniqlandi. Nazariy ko‘chat qalinligi 150–160 ming tup/ga bo‘lgan variantga nisbatan esa o‘simlik bo‘yi yuqori bo‘lsada, boshqa ko‘rsatkichlarda sezilarli farq kuzatilmadi. Shuningdek, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65–70–60% etib belgilanib, Entojan 15:45:90 g/ga me’yorlarda qo’llab nazariy ko’chat qalinligi 150-160 ming tup/ga qoldirilgan 8- variantda xuddi shu sug’orish tartibi va ko’chat qalinligida entojan preparatini 6 martda qo‘llanilgan 11-variantga nisbatan g‘o‘zaning bo‘yi 1,3 sm, hosil shohlari 0,1 dona va ko‘saklar soni 4,0 donagacha ortishi kuzatildi.

How to cite

GOSTXasanova F., Qarabayev I., Atabayeva M., Saydaliyev B. XORIJIY G‘O‘ZA NAVIDA O’SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA RETARDANT QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORLARI HAMDA SUG‘ORISH TARTIBINING TA’SIRI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/1699/.
APAXasanova F., Qarabayev I., Atabayeva M., Saydaliyev B. (2026). XORIJIY G‘O‘ZA NAVIDA O’SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA RETARDANT QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORLARI HAMDA SUG‘ORISH TARTIBINING TA’SIRI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://agrokarantin.uz/articles/1699/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026