AMARANT — OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA CHIQINDISIZ TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA ISTIQBOLLI XOMASHYO
Annotatsiya
<p>Ushbu maqolada global iqlim oʻzgarishi va aholi sonining oʻsishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda agrosanoat majmuasida yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish masalalari tadqiq qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida ozuqaviy qiymati yuqori va ekstremal iqlim sharoitlariga chidamli boʻlgan amarant (Amaranthus L.) oʻsimligi tanlab olingan. Maqolaning asosiy maqsadi amarant xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali oziq-ovqat sanoati uchun funksional mahsulotlar olish va jarayonda chiqindisiz (zero-waste) texnologik zanjirni yaratish imkoniyatlarini ilmiy asoslashdan iborat.</p> <p>Tadqiqot davomida tizimli tahlil, qiyosiy baholash va amarant tarkibidagi bioaktiv moddalarni aniqlash boʻyicha laboratoriya sinovlari ma’lumotlaridan foydalanildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, amarant doni va yashil massasi tarkibidagi skvalen, lizin aminokislotasi, oson hazm boʻluvchi oqsillar hamda antioksidantlar tufayli parhezbop va davolash-profilaktika xususiyatiga ega mahsulotlar ishlab chiqarishda tengsiz xomashyo hisoblanadi. Maqolada amarantni qayta ishlashda hosil boʻladigan barcha ikkilamchi resurslarni (shrot, poya qoldiqlari) chorvachilik, farmatsevtika va bioenergetika sohalariga yoʻnaltirishning tejamkor texnologik sxemasi taklif etilgan. Xulosa oʻrnida, amarant yetishtirish va uni sanoat usulida chiqindisiz qayta ishlash mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligini mustahkamlash va ekologik muvozanatni saqlashda strategik ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan.</p>