2-maqola

QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA ALMASHLAB EKISH TIZIMLARI VA TURLI OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING TUPROQ G‘OVAKLIGIGA TA’SIRI

Ismailov Dauletbay
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
ORCID: 0009-0006-7395-3488
Xalikov Baxodir
Paxta selektsiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0000-0002-7323-4516

Abstract

Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘za, jo‘xori, kunjut, soya va mosh ishtirokidagi almashlab ekish tizimlari hamda turli mineral o‘g‘it me’yorlarining tuproq g‘ovakligiga ta’siri o‘rganildi. Tajribalar 2023-2024 yillarda olib borilib, tuproqning 0–30 va 30–50 sm qatlamlarida mavsum boshi hamda mavsum oxiridagi g‘ovaklik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari almashlab ekish tizimlari qo‘llanilganda tuproqning agrofizik holati yaxshilanishi, ayniqsa dukkakli ekinlar ishtirokidagi variantlarda g‘ovaklik yuqori darajada saqlanishi kuzatilganligini ko‘rsatdi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar g‘o‘za–mosh–g‘o‘za va g‘o‘za–soya–g‘o‘za tizimlarida qayd etildi. Mineral o‘g‘itlarning maqbul me’yorlari tuproqning struktura holati va g‘ovakligini saqlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.

How to cite

GOSTIsmailov D., Xalikov B. QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA ALMASHLAB EKISH TIZIMLARI VA TURLI OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING TUPROQ G‘OVAKLIGIGA TA’SIRI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/1729/.
APAIsmailov D., Xalikov B. (2026). QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA ALMASHLAB EKISH TIZIMLARI VA TURLI OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING TUPROQ G‘OVAKLIGIGA TA’SIRI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://agrokarantin.uz/articles/1729/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026