Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
SOYA EKIN MAYDONLARIDA UCHRAYDIGAN O‘RGIMCHAK KANAGA QARSHI KIMYOVIY PREPARATLAR QO‘LLASH SAMARADORLIGI
Karimov Nurbek
Mazkur maqolada soya (Glycine max L.) ekinlarida uchraydigan asosiy zararkunandalardan biri bo‘lgan o‘rgimchak kanaga qarshi kimyoviy preparatlarni qo‘llash samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotlar dala sharoitida olib borilib, soya o‘simligida zararkunanda kanalarning tarqalish …
-
FUNGITSIDLARNI QRIM QARAG‘AYINING URUG‘, MAYSA CHIRISHI, NIHOLLARNI YOTIB QOLISHI VA NOBUD BO‘LISHI KASALLIGI (DAMPING-OFF) QO‘ZG‘ATUVCHILARIGA SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Xakimov Albert, Zuparov Mirakbar, Mamiev Muhiddin, Jumanazarov G‘ayrat, Gulmurodova Shaxnoza
Qrim qarag‘ayi muhim ahamiyatga ega manazarali daraxtlardan bo‘lib, ko‘chatxonalarda uning urug‘i va nihollari turli fitopatogen zamburug‘lar ta’sirida kasallanadi. Ayniqsa, damping-off (urug‘ va maysa chirishi, nihollarning yotib qolishi va nobud bo‘lishi) …
-
UZUM SIRKASINING ZAMBURUG‘LARDAN HIMOYA XUSUSIYATLARI VA MEVALARNI SAQLASHDAGI AHAMIYATI
Xushboqova Shaxnoza, Xo‘janazarova Mo‘tabar, Azimova Dildoraxon
Uzum sirkasi tabiiy fermentatsiya mahsuloti hisoblanadi. Uzum sirkasining antifungal ta’siri asosan tarkibidagi organik kislotalar hamda turli fenologik birikmalar bilan bog’liq. Bizga ma’lumki zamburug’lar mevalarning saqlashda asosiy buzilish sabablaridan biridir. Tarkibidagi …
-
O‘RIK NAVLARINI SUN’IY CHATISHTIRISH ORQALI YANGI DURAGAYLAR OLISH
Ro‘zimurodov Musurmon, Xamidov Akbar
Ushbu maqolada Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi seleksiya bo‘limida 2025-yilda o‘rik navlarini navlararo sun’iy chatishtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar yoritilgan. Tadqiqotda “Yubeliyniy Navoiy” va “Shalaq” navlari onalik, mahalliy “Subxoniy” navi esa otalik …
-
OLMANING PAKANA VA YARIM M9 VA MM106 PAYVANDTAGLARI QALAMCHALARINI TURLI SUBSTRATLARDA ILDIZ OTTIRISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Amonov Shohboz, Qurbonov Fazliddin
Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida 2025-yilda meva va uzum agrotexnikasi bo‘limi tomonidan urug‘ va danak mevalilar uchun pakana (M9) va yarim pakana (MM106) olma payvandtaglarini ko‘paytirish maqsadida qalamchalarni turli substratlarda ildiz ottirish …
-
QURITILGAN POMIDOR MAHSULOTLARINING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI
G‘aniev Avazbek, Azizov Aktam
Mazkur maqolada quritilgan pomidor mahsulotlarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, pomidorning kimyoviy tarkibi va ozuqaviy qiymati tahlil qilingan. Shuningdek, pomidorni yetishtirish, saqlash va qayta ishlash usullari hamda quritish texnologiyalarining o‘ziga xos jihatlari, …
-
OCHIQ MAYDONDA KOLRABI KARAM NAVLARINI TURLI EKISH MUDDATLARIDA YETISHTIRISHNING HOSILDORLIKKA TA’SIRI
Sheraliyev Jamshid, Axmedova Munisa
Maqolada kolrabi karamining “Qizil toj” va “Salfer” navlarida turli ekish muddatlarining o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri o‘rganildi. Natijada, ekish muddatlari kolrabi karamining o‘sishi va hosil shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, …
-
ПРОДУКТИВНОСТЬ СЕМЯН ЭКОЛОГО- ГЕОГРАФИЧЕСКИ ОТДАЛЕННЫХ ГИБРИДОВ ЛЮЦЕРНЫ
Амантурдиев Шавкат, Худойбердиев Нурали, Амантурдиев Ботир, Сабиров Алишер, Шарипбаева Гулхаё, Умарова Манзура
Ushbu maqolada 2024 yilda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti markaziy tajriba xo‘jaligida barpo etilgan uzoq ekologo-geografik duragaylarining 2025 yilda olingan o‘simliklari bo‘yi va urug‘ mahsuldorligi bo‘yicha …
-
BEDA GENOFONDINING SELEKSIYA UCHUN AHAMIYATI
Amanturdiyev Shavkat, Amanturdiyev Botir, Xudoyberdiyev Nurali, Sabirov Alisher, Sharipbayeva Gulxayo, Umarova Manzura
Ushbu maqolada Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti “Beda seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasi tomonidan 2025 yilda ekilgan kolleksiya ko‘chatzoridagi birinchi yilgi bedaning xorijiy hamda mahalliy kolleksiya nav …
-
MIKROKOʻKATLARNING OZUQAVIY QIYMATI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Qodirov Elbek, Qodirov Jaxongir, Oltiboyeva Shaxina
Ushbu maqolada mikroko‘katlar yetishtirishning biologik, agrotexnik va ekologik asoslari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Mikroko‘katlarning o‘sish va rivojlanish bosqichlari, ularning ozuqaviy va biologik faolligi, vitaminlar, mineral moddalar hamda antioksidantlarga boyligi …
-
G‘O‘ZANING ASOSIY KASALLIKLARI RIVOJLANISHI VA TARQALISHINI PROGNOZLASH TIZIMI TAHLILI
Aminova Dildor, To‘laboyeva Dilnoza
Maqolada o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishning ilmiy asoslangan uyg‘unlashtirilgan kurash majmuasi agrotexnik, biologik, kimyoviy va boshqa davr talabiga javob bera oladigan kurash usullarining yig‘indisi ilmiy asoslangan almashlab ekishni, zararli organizmlar …
-
EKOLOGIK VA MATRIKAL JIHATDAN XILMA-XIL BO‘LGAN URUG‘LIK CHIGITLARNING 1000 DONASI VAZNI
Mamedov Normuxammad
Maqolada ekologik va matrikal jihatdan xilma xil sifatlarga ega bo‘lgan urug‘lik chigitlarning 1000 donasining vazni bo‘yicha olingan natijalar keltirilgan. Toshkent, Namangan va Xorazm viloyatlari sharoitida 2023-2025 yillarda yetishtirilgan Sulton, C-6524, …
-
ORGANIK, SIDERAT VA NOAN’ANAVIY OʻGʻITLARNING KUZGI BUGʻDOY OʻSISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Ismailov Uzaqbay, Elemesova Nargiza
Tuproq shoʻrlanishini kamaytirish, tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligi va sifatini oshirish uchun agromeliorativ tadbirlarni olib borish, o'ʻtmishdosh ekinlar va mineral agrorudalarning kuzgi bugʻdoy hosildorligini oshirishdagi samaradorligini ishlab chiqish, erga organik …
-
QISHLOQ XO‘JALIGI TUMANLARIDAGI SUG‘ORILADIGAN YERLARNING 1:25000 MASSHTABLI ELEKTRON RAQAMLI TUPROQ XARITALARINI YARATISH
Mengliqulov Erkin, Alimaxamatova Shaxnoza, Zaripboyeva Maftuna
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi tumanlaridagi sug‘oriladigan yerlar uchun 1:25000 masshtabli elektron raqamli tuproq xaritalarini yaratishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida tuproq xaritalari, agrokimyoviy ma’lumotlar, yer kadastri materiallari hamda masofadan zondlash …
-
YER TUZISH LOYIHALARIDA YER TOIFASINI O‘ZGARTIRISH JARAYONINING TAHLILI VA SAMARALI FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH MASALALARI
Safayev Sanjarbek, Qadirov Abduhalil
Mazkur maqolada yer tuzish loyihalarini yuritishda yerlarni boshqa yer toifalariga o‘tkazish jarayonining ilmiy va amaliy jihatlari hamda ushbu jarayonda yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda yer toifasini …
-
YER FONDI TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLAR VA QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARINING QISQARISH TENDENSIYASINI ILMIY TAHLIL QILISH
Safayev Sanjarbek, Qadirov Abduhalil
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi yer fondi tarkibidagi oʻzgarishlar hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning qisqarish tendensiyasi ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida yer fondining toifalar boʻyicha taqsimlanishi, qishloq xoʻjaligi yerlarining miqdoriy …
-
JANUBIY FARG‘ONANING SUG‘ORILADIGAN OCH BO‘Z TUPROQLARI AGROFIZIK XUSUSIYATLARIGA TAKRORIY EKINLAR VA O‘G‘ITLASHNING TA’SIRI
Isaqov Valijon, Iminchayev Raxmatjon
Ushbu maqolada Janubiy Farg‘onaning sug‘oriladigan toshshag‘alli och bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan mosh va loviyaning hamda mineral o‘g‘itlar meyorlarining tuproq hajm zichligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotlar natijasida mosh va …
-
QURIGAN DENGIZ TUBI FLORASINI INVENTARIZATSIYA QILISHDA QO‘LLANILADIGAN AMALDAGI METODLAR TAHLILI
Bektashov Behroʻz, Samatov Nuriddin, To‘layev Jo‘rabek
Ushbu maqolada Orol dengizi qurigan tubining florasini inventarizatsiya qilishda qo‘llaniladigan amaldagi metodlar tahlil qilinadi. Flora global ekologik muvozanat, biologik xilma-xillik va inson hayotiy faoliyatining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga ega. …
-
QO‘SHTEPA TUMANIDA GIDROGRAFIK OBYEKTLARNI YO‘QLAMADAN O‘TKAZISH VA XARITASINI TUZISH ISHLARI
Ruzmetov Maksud, Xojimurodov Nuriddin
Ushbu maqolada gidrografik obyektlarni yo‘qlama (inventarizatsiya)dan o‘tkazish, ArcGIS dasturiy ta’minoti yordamida geoma’lumotlar bazasini shakillantirish hamda elektron raqamli xaritalarini yaratish va suv resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish bo‘yicha tajribalar to‘g‘risida o‘rganishlar bayon etilgan.
-
KUZGI TRITIKАLE NАVLАRINI YАSHOVCHАNLIGIGА EKISH MUDDАTLАRI VА ME’YORLАRINING TА’SIRI
Ismoilov Voxid, Tursunov Shermuxammad, Xudoyqulov Sarvar
Maqolada kuzgi tritikaleni Davlat reyestriga kiritilgan Normаn hamda Fаrxod navlari unib chiqishi, hosil yig’ishtirishgacha yashovchanligiga ekish muddatlari va me’yorlarini ta’siri natijasida olingan ma’lumotlar bayon etilgan. Tadqiqotlar natijasida har ikkala navni …