AGRO KIMYO HIMOYA

YER TUZISH LOYIHALARIDA YER TOIFASINI O‘ZGARTIRISH JARAYONINING TAHLILI VA SAMARALI FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH MASALALARI

Safayev Sanjarbek
“O‘zdavyerloyiha” DILI
ORCID: 0009-0001-6178-1803
Qadirov Abduhalil
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti
ORCID: 0009-0000-0814-8120

Annotatsiya

<p>Mazkur maqolada yer tuzish loyihalarini yuritishda yerlarni boshqa yer toifalariga o‘tkazish jarayonining ilmiy va amaliy jihatlari hamda ushbu jarayonda yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda yer toifasini o‘zgartirish jarayonining huquqiy, iqtisodiy va ekologik asoslari tahlil qilinib, yer tuzish loyihalarining mazkur jarayondagi o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, hududiy rejalashtirish, yerlarning bonitet va iqtisodiy bahosini aniqlash, agroekologik holatini baholash hamda zamonaviy geoinformatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali samarali foydalanishni tashkil etish yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari yer resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi yerlarini asrash va hududlarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №2 [117], 2026 Chop etilgan: 01.04.2026