AGRO KIMYO HIMOYA

QURIGAN DENGIZ TUBI FLORASINI INVENTARIZATSIYA QILISHDA QO‘LLANILADIGAN AMALDAGI METODLAR TAHLILI

Bektashov Behroʻz
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Samatov Nuriddin
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0000-0001-9980-8891
To‘layev Jo‘rabek
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada Orol dengizi qurigan tubining florasini inventarizatsiya qilishda qo‘llaniladigan amaldagi metodlar tahlil qilinadi. Flora global ekologik muvozanat, biologik xilma-xillik va inson hayotiy faoliyatining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga ega. Orolbo‘yi mintaqasida yuzaga kelgan yangi ekologik sharoitlar yuqori sho‘rlanish, changli atmosfera, sug‘orish cheklovlari va iqlimning keskinligi bu hudud florasining o‘ziga xos tarkib va omon qolish strategiyalarini shakllantirmoqda. Tadqiqotda dala kuzatuvlari, masofaviy zondlash, UAV texnologiyasi, NDVI tahlillari, GIS tizimi va sun’iy intellekt modellarining taqqoslamali tahlili asosida ularning samaradorligi baholangan. Xususan, CNN (konvolyutsion neyron tarmoq) modellarining katta hududlarda turlarni tez va avtomatik aniqlashdagi imkoniyatlari ajratib ko‘rsatilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Orolbo‘yi kabi ekstremal sharoitda floristik monitoring va inventarizatsiyani amalga oshirishda integratsiyalashgan zamonaviy metodlar eng yuqori samaradorlikni beradi. Mazkur maqola “Yashil makon”, rekultivatsiya siyosati va biologik xilma-xillikni tiklash bo‘yicha amaliy qarorlar uchun ilmiy asos yaratishga xizmat qiladi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №2 [117], 2026 Chop etilgan: 01.04.2026