AGRO KIMYO HIMOYA

JANUBIY FARG‘ONANING SUG‘ORILADIGAN OCH BO‘Z TUPROQLARI AGROFIZIK XUSUSIYATLARIGA TAKRORIY EKINLAR VA O‘G‘ITLASHNING TA’SIRI

Isаqov Valijon
Qo‘qon davlat universiteti
ORCID: 0009-0009-6095-1768
Iminchayev Raxmatjon
Farg‘ona davlat universiteti
ORCID: 0009-0006-2720-6473

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada Janubiy Farg‘onaning sug‘oriladigan toshshag‘alli och bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan mosh va loviyaning hamda mineral o‘g‘itlar meyorlarining tuproq hajm zichligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotlar natijasida mosh va loviya yetishtirish tuproq zichligini nazoratga nisbatan 0,02–0,06 g/sm³ ga kamaytirishi aniqlangan. Eng maqbul agrofizik holat mosh uchun N₂₀P₄₀K₂₀ (1,31 g/sm³) va loviya uchun N₄₀P₆₀K₄₀ (1,32 g/sm³) variantlarida kuzatildi. Dukkakli ekinlarning ildiz tizimi “biologik yumshatuvchi” vazifasini o‘tab, tuproq aeratsiyasi va suv o‘tkazuvchanligini yaxshilashi isbotlangan.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №2 [117], 2026 Chop etilgan: 01.04.2026