Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
MURAKKAB RELYEFLI HUDUDLARDA YER TUZISH LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISHNING KOMPLEKS YONDASHUVI
Musurmankulov Zuxiriddin Shuxratovich, Musurmankulova Shaxlo Axmedovna
Maqolada murakkab relyefli qishloq xo‘jaligi hududlarida yer resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan kompleks yondashuv asosida ichki yer tuzish loyihasi taklif etilgan. Loyiha Ohangaron tumani “Yakka chorva yuksalish” fermer xo‘jaligi misolida ishlab …
-
O'ZBEKISTONDA EROZIYAGA UCHRAGAN YERLARNING TARQALISHI VA ULARDAN FOYDALANISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Xujakeldiyev Komil Nosirovich, Urinov Jamol Chorshanbievich
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududida tuproq eroziyasining tarqalish qonuniyatlari, uning asosiy turlari - suv, shamol va irrigatsiya eroziyasi - hamda rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Tadqiqotda qiyosiy-statistik tahlil, monografik tadqiqot va ilmiy …
-
QISHLOQ XOʻJALIGI YER MAYDONLARI TUPROQ MA’LUMOTLARINI RAQAMLASHTIRISHNING YER RESURSLARINI BOSHQARISHDAGI ROLI
Dexqonov Jamoliddin Begijonovich, Ruziyev Abror Meylikulovich, Nortosheva Munisa Elbek qizi
Maqolada qishloq xoʻjaligi yer maydonlari tuproq maʼlumotlarini raqamlashtirishning yer resurslarini samarali boshqarishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda tuproqning agrokimyoviy, fizik va morfologik xususiyatlarini zamonaviy geoinformatsion tizimlar (GIS), masofadan zondlash …
-
QISHLOQ XOʻJALIGI YERLARINI MUHOFAZA QILISH VA NOQONUNIY EGALLASHNING OLDINI OLISH: MUAMMOLAR, HUQUQIY ASOSLAR VA RAQAMLI YECHIMLAR
Umrzoqov Sherniyoz Abdimurodovich
Maqolada Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi yerlaridan oqilona foydalanish, sugʻoriladigan yerlarni muhofaza qilish hamda yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlarining oldini olish masalalari tahlil qilingan. Yer resurslarining oziq-ovqat xavfsizligidagi oʻrni, yer …
-
QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YERLAR MONITORINGINI YURITISHNING HUQUQIY VA ILMIY-AMALIY ASOSLARI
Toxirov Kozim Najim o‘g‘li
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar monitoringini tashkil etishning huquqiy asoslari, ilmiy-uslubiy yondashuvlari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Yer monitoringining mazmuni, vazifalari va tamoyillari tahlil qilinib, yer resurslaridan oqilona …
-
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA YAYLOV YERLARIDA GEOBOTANIK TADQIQOT JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH
G‘aniyev Ochilbek Orifjon o‘g‘li
Yaylov yerlaridan oqilona va samarali foydalanishda geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish hamda monitoring jarayonlarini tizimli tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada yaylov yer maydonlarida geobotanik tadqiqotlarni raqamli texnologiyalar asosida amalga …
-
QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDA ORALIQ VA TAKRORIY EKINLARNI ANG‘IZ MAYDONLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH.
G‘apparov Akmal Uroqovich, Nematov Tulqin Ergashevich
Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda ang‘iz maydonlaridan samarali foydalanib takroriy ekinlar no‘xat, mosh, loviya, soya siderat ekinlar raps, suli, javdar perko kabi keng qamrovli ekinlarni ekilib, …
-
QISHLOQ XO‘JALIGI TUMANLARIDAGI SUG‘ORILADIGAN YERLARNING ELEKTRON RAQAMLI TUPROQ XARITALARINI YARATISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBASI
Xojiyev Kuchkor, Aliyev Azizjon
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi tumanlaridagi sug‘oriladigan yerlarning 1:25 000 masshtabli elektron raqamli tuproq xaritalarini yaratish bo‘yicha rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Tadqiqotda raqamli tuproq xaritalashning nazariy va metodologik asoslari, jumladan …
-
YER RESURSLARINI MONITORING QILISHDA GIS VA MASOFADAN ZONDLASH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI
Shaudirbayeva Jarxinay
Maqolada yer resurslarini boshqarishda zamonaviy geoinformatsion tizimlar (GIS) va masofadan zondlash texnologiyalarining ahamiyati keng turda o‘rganildi va tahlil qilindi. Tadqiqot tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasining umumiy landshaft monitoringi Google Earth sun’iy yo‘ldosh …
-
ЭКОНОМИКО-ЭКОЛОГИЧЕСКАЯ ОЦЕНКА СНИЖЕНИЯ ПОТЕРЬ ПЛОДООВОЩНОЙ ПРОДУКЦИИ КАК ФАКТОРА ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЗЕМЕЛЬНЫХ РЕСУРСОВ (НА ПРИМЕРЕ ХИТОЗАНОВЫХ ПОКРЫТИЙ)
Дубовик Татьяна
Maqolada xitozan asosidagi iste’mol qilinadigan qoplamalardan foydalanish orqali meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash jarayonida yo‘qotishlarni kamaytirishning iqtisodiy-ekologik samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Hosildan keyingi yo‘qotishlar darajasi bilan yer resurslaridan foydalanish samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik …
-
ДИНАМИКА МЕЛИОРАТИВНОГО СОСТОЯНИЯ ОРОШАЕМЫХ ЗЕМЕЛЬ БАССЕЙНА РЕКИ СЫРДАРЬИ И ЭФФЕКТИВНОСТЬ ВНЕДРЕНИЯ ВОДОСБЕРЕГАЮЩИХ ТЕХНОЛОГИЙ ОРОШЕНИЯ
Хамраев Шавкат, Усманов Шавкат
Maqolada 2005–2024 yillar davomida Sirdaryo daryosi havzasidagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati dinamikasi suv resurslari tanqisligi va suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish sharoitida tahlil qilingan. Tuproq sho‘rlanish darajasi, sizot suvlarining …
-
FARGʻONA VILOYATI DANG‘ARA TUMANI SUGʻORILADIGAN QISHLOQ XOʻJALIGI YER MAYDONI TUPROQLARI UNUMDORLIGINI BAHOLASH
Dexqonov Jamoliddin, Ruziyev Abror, Abdullayev Abdumajit
Ushbu maqolada Farg’ona viloyati Dang’ara tumanidagi eskidan sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yer maydoni tuproqlarini o’rganishning asosiy natijalari hamda o’rganilayotgan tuproqlarning xossalari va ularni sifat jihatidan baholash bo’yicha yangi ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot …
-
KONIMEX TUMANI YER MAYDONLARINING OZUQA MODDALARI BILAN TAʻMINLANISH DARAJASI
Ruziyev Abror, Majidov Mustafo, Temirov Jahongir
Tadqiqotda Konimex tumani sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yer maydoni tuproqlarining ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasi o’rganilgan. Tadqiqot natijalari hudud turoqlarining ozuqa moddalari bilan o’rtachapast darajada ta’minlanganligini ko’rsatdi: tuproqning gumus miqdori ko’rsatkichi …
-
TUPROQ ORGANIK UGLERODI DINAMIKASI: IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA JARAYONLAR VA ASOSIY OMILLAR
Akramova M, Majidova Sarvinoz, Abidinova Laylo
Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishi sharoitida tuproq organik uglerodi dinamikasi, unga ta’sir etuvchi asosiy tabiiy va antropogen omillar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda, ayniqsa arid hududlar, jumladan Sirdaryo viloyati sharoitida tuproq …
-
DEGRADATSIYAGA UCHRAGAN CHO‘L MINTAQASI TUPROQLARINING AGROEKOLOGIK HOLATINI ILMIY MANBALAR ASOSIDA TAHLIL QILISH
Yembergenova Gulayxan, Saidova Munisa
Ushbu maqolada degradatsiyaga uchragan cho‘l mintaqasi tuproqlarining agroekologik holati ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Iqlim o‘zgarishi sharoitida qurg‘oqchil hududlarda sho‘rlanish, gumus miqdorining kamayishi va suv-tuz rejimi buzilishi asosiy degradatsiya omillari …
-
UGAM-CHOTQOL HUDUDI O‘SIMLIK QOPLAMINING MASOFADAN ZONDLASH ASOSIDAGI DINAMIKASI
G‘afforova H, Juliyev M, Turdalieva S
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatining muhim tabiiy hududi hisoblangan Ugam-Chotqol milliy bog‘i misolida tahlil qilindi. Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. So‘nggi 25 yillikda hudud o‘simlik …
-
TABIIY QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA GALOFITLARNING OʻRNI VA ULARDAN FOYDALANISH
Janibek qizi Diyana
Quyida galofitlar ekologiyasi va resurslarining ayrim jihatlari, shuningdek, ularni kompleks baholash hamda xalq xo‘jaligida qo‘llash natijalari keltiriladi. 1. Galofitlarning ayrim ekologik-biologik xususiyatlari. V. A. Kovdaning (1973) tadqiqotlariga ko‘ra, Yer materiklari …
-
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI IQLIM OʻZGARISHI SHAROITIDA SUGʻORILADIGAN YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Kdirbaeva Gulan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida iqlim o‘zgarishining sug‘oriladigan yer resurslariga ta’siri tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda kuzatilayotgan global iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi va tuproq sho‘rlanish darajasining ortishi qishloq xo‘jaligi samaradorligiga salbiy ta’sir …
-
YERLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASHISH HAMDA SALBIY OQIBATLARINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
Umarov Muhammad, Nizamov Sobirjon, Absalomova Madinaxon, G‘aybulloyeva Aziza, Karimova Nilufar
Mazkur maqolada mamlakatimizda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, degradatsiyaning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan, xususan, hududlarda shamol eroziyasi ta’sirida tuproqning ustki unumdor qatlamining keskin kamayishi, bunday salbiy omillarning oldini olishda qishloq …
-
LAND USE SUSTAINABILITY AND INTENSITY IN THE SHANGHAI COOPERATION ORGANIZATION: A COMPARATIVE ASSESSMENT
Nilipovskiy Vasiliy
Birinchi marta FAO va milliy statistik xizmatlarning yangilangan ma'lumotlari asosida SHHT yer balansidagi o'zgarishlarning tarkibiy tahlili o'tkazildi. Yerlarning o'zgarishi vektori va agrar tabiatdan foydalanishning keskinlik darajasi bilan ajralib turadigan ishtirokchi …