2-maqola

QISHLOQ XO‘JALIGI TUMANLARIDAGI SUG‘ORILADIGAN YERLARNING ELEKTRON RAQAMLI TUPROQ XARITALARINI YARATISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBASI

Xojiyev Kuchkor
“O‘zdavyerloyiha” DILI
ORCID: 0009-0006-4631-3063
Aliyev Azizjon
“O‘zdavyerloyiha” DILI
ORCID: 0009-0008-5755-9258

Abstract

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi tumanlaridagi sug‘oriladigan yerlarning 1:25 000 masshtabli elektron raqamli tuproq xaritalarini yaratish bo‘yicha rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Tadqiqotda raqamli tuproq xaritalashning nazariy va metodologik asoslari, jumladan SCORPAN modeli, masofadan zondlash ma’lumotlari, geoaxborot tizimlari, raqamli relyef modellari hamda mashinali o‘qitish usullarining qo‘llanilishi tahlil qilingan. AQSh, Xitoy, Isroil, Germaniya, Shvetsiya, Avstraliya, Belarus va Qozog‘istonda elektron tuproq xaritalarini yaratish jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va ularning amaliy natijalari yoritilgan. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini baholash, tuproq sho‘rlanishi va degradatsiya jarayonlarini aniqlash hamda yer resurslarini samarali boshqarishda raqamli tuproq xaritalarining ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari sug‘oriladigan yerlar monitoringini takomillashtirish va raqamli tuproq ma’lumotlar bazalarini shakllantirishda xorijiy tajribadan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.

How to cite

GOSTXojiyev K., Aliyev A. QISHLOQ XO‘JALIGI TUMANLARIDAGI SUG‘ORILADIGAN YERLARNING ELEKTRON RAQAMLI TUPROQ XARITALARINI YARATISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBASI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/1731/.
APAXojiyev K., Aliyev A. (2026). QISHLOQ XO‘JALIGI TUMANLARIDAGI SUG‘ORILADIGAN YERLARNING ELEKTRON RAQAMLI TUPROQ XARITALARINI YARATISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBASI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://agrokarantin.uz/articles/1731/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026