AGRO KIMYO HIMOYA

YERLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASHISH HAMDA SALBIY OQIBATLARINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

Umarov Muhammad
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0005-8498-6704
Nizamov Sobirjon
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
ORCID: 0009-0008-1056-1481
Absalomova Madinaxon
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0007-5089-4240
G‘aybulloyeva Aziza
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0008-4314-7519
Karimova Nilufar
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0000-0003-2150-4411

Annotatsiya

<p>Mazkur maqolada mamlakatimizda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, degradatsiyaning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan, xususan, hududlarda shamol eroziyasi ta’sirida tuproqning ustki unumdor qatlamining keskin kamayishi, bunday salbiy omillarning oldini olishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini va tuproqlar unumdorligi oshirishga doir tizimli chora-tadbirlar belgilanishi lozimligi bayon etiladi. Shuningdek, yer resurslaridan, ayniqsa, sug‘oriladigan tuproqlardan samarali foydalanish, ularning unumdorligini saqlash va oshirish muammolarini hal etishda, tuproq unumdorligini chegaralovchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishning ilmiy asoslarini yaratishning muhimligi, mamlakatimizda eroziyaning hamma turlari keng tarqalganligi, Mirzacho‘l hududidagi sug‘oriladigan yerlarda turli deflyatsiya jarayonlarini kuzatish natijalari keltirilgan.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Chop etilgan: 23.04.2026