Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YERLAR HISOBI MA’LUMOTLARINI YANGILASH DAVRIYLIGINI TABAQALASHTIRISHNING ILMIYUSLUBIY ASOSLARI
Tashbayeva Hulkaroy
Maqolada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisobi ma’lumotlarini yangilash davriyligini tabaqalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Yer hisobi ma’lumotlari mazmuni, o‘zgaruvchanlik darajasi, shakllanish davri, boshqaruvdagi vazifasi va xavfga sezuvchanlik xususiyatiga ko‘ra bir xil …
-
SUG‘ORILADIGAN YERLARNING BARQAROR BOSHQARUVIDA RAQAMLI MONITORINGNING O‘RNI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)
Amrilloyev Azizjon, Akramov Islam, Nazarov Zavqiy
Ushbu maqolada Buxoro viloyatida sug‘oriladigan yerlarni raqamli texnologiyalar asosida monitoring qilish tizimini yaratish va uning iqtisodiy samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi an’anaviy monitoring usullarining kamchiliklarini bartaraf etish hamda GIS, Sentinel-2 …
-
OROL DENGIZINING QURIGAN TUBIDA MASOFADAN ZONDLASH VA GIS TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB TUPROQ TEKSTURASI, SHO‘RLANISHI VA VEGETATSIYA HOLATINI BAHOLASH
Xasanov Jamshid, Nurjanov Allabergen, Boymurodov Rifat, Shamuratova Nagima, Zinatdinov Nuratdin
Ushbu tadqiqotda masofadan zondlash va GIS texnologiyalari yordamida tadqiqot hududining tuproq teksturasi, sho‘rlanish darajasi va vegetatsiya holati baholandi. Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, SoilGrids va HWSD ma’lumotlaridan foydalanildi. USDA klassifikatsiyasi asosida …
-
YER RESURSLARINI MONITORING QILISHDA GIS VA MASOFADAN ZONDLASH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI
Shaudirbayeva Jarxinay
Maqolada yer resurslarini boshqarishda zamonaviy geoinformatsion tizimlar (GIS) va masofadan zondlash texnologiyalarining ahamiyati keng turda o‘rganildi va tahlil qilindi. Tadqiqot tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasining umumiy landshaft monitoringi Google Earth sun’iy yo‘ldosh …
-
INFLUENCE OF ECOLOGICAL FACTORS ON THE FORMATION OF WHITEFLY (BEMISIA TABACI GENN.) POPULATIONS
Sulaymonov Botirjon, Turdimatova Nodira, Buronov Yusuf, Musurmonqulova Maftuna
Mazkur tadqiqotda Aleyrodidae oilasiga mansub oqkanotlar, xususan issiqxona oqkanoti (Trialeurodes vaporariorum West.) va g‘o‘za oqkanoti (Bemisia tabaci Genn.) populyatsiyalarining sabzavot va poliz ekinlari agrobiotsenozlarida shakllanishi hamda rivojlanishiga ekologik omillarning ta’siri …
-
BIOECOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE MAIN PESTS OF HORSE CHESTNUT (AESCULUS HIPPOCASTANUM L.) AND INTEGRATED MANAGEMENT STRATEGIES
Yakubov Farrukh, Sherboboyev Ilhom
Ushbu maqolada soxta kashtani (Aesculus hippocastanum) daraxtining asosiy zararkunandalari, xususan, kashtan kuyasining (Cameraria ohridella) bioekologik xususiyatlari batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot davomida zararkunandaning rivojlanish sikli, populyatsiya dinamikasi va shahar ekotizimlaridagi tarqalishi …
-
MASS REARING, STORAGE TECHNOLOGY AND BIOLOGICAL EFFICIENCY OF GREEN LACEWING (CHRYSOPERLA CARNEA) IN AGROBIOCENOSES
Jumaev Rasul, Javliyev Sunnat
Mazkur tadqiqotda Chrysoperla carnea (Stephens) va Chrysopa septempunctata (Neuroptera: Chrysopidae) entomofaglarini laboratoriya va agrobiotsenoz sharoitida ommaviy ko‘paytirish, saqlash texnologiyasi hamda biologik samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Sitotroga cerealella (Olivier) asosida ko‘paytirish …
-
HYMENOPTERAN ENTOMOPHAGES IN VEGETABLE AGROBIOCENOSES OF UZBEKISTAN
Jumaev Rasul, Abdullayev Azizbek, Ergashov Sunnat
Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston sabzavot agrobiotsenozlarida tarqalgan Hymenoptera turkumiga mansub parazit entomofaglarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va trofik munosabatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Lepidoptera turkumiga mansub asosiy zararkunanda turlarning tabiiy kushandalari aniqlanib, …
-
EMPTY PESTICIDE CONTAINERS REVIEW
Babadjanov Jakhongir
Zamonaviy qishloq xo‘jaligida pestitsidlar qo‘llanilishining ortishi natijasida xavfli chiqindilar hajmi sezilarli darajada ko‘paydi, ayniqsa pestitsidlar uchun ishlatilgan bo‘sh idishlar shaklida bu holat ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu idishlarni noto‘g‘ri boshqarish inson …
-
O‘SIMLIK ZAMBURUG‘ KASALLIKLARINI BIOLOGIK NAZORAT QILISHDA TRIXODERMA TURLARINING AHAMIYATI (SHARH)
Mirabidova Dildora, Berdiyeva Feruza
Maqolada o‘simlik kasalliklariga qarshi kurashda kimyoviy pestitsidlarning salbiy ekologik ta’siri tahlil qilinib, biologik nazorat usullarining afzalliklari yoritilgan. Xususan, Trichoderma turkumiga mansub zamburug‘larning fitopatogenlarga qarshi antagonistik xususiyatlari, ularning antifungal metabolitlar ishlab …
-
MANZARALI VA MEVALI DARAXTLARNING KEMIRUVCHI ZARARKUNANDALARI BIOEKOLOGIYASI
Usvaliyev Oybek, Abdujabborov O‘ktam
Matnda hasharotlar populyatsiyasi va parazitar nazariya tushuntirilgan. Dunyo o‘rmonchiligida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra o‘rmon zararkunandalari entomofaglaridan 50 mingdan ortig‘i parazit turlar bo‘lib, ularnig asosiylarini Trichogrammatidae, Scelionidae, Ichneumonidae, Braconidae, Ptelomalidae, …
-
CARBON FOOTPRINT ASSESSMENT AS A FACTOR IN IMPROVING THE ECOLOGICAL CULTURE OF YOUNG PEOPLE: INTERNATIONAL METHODOLOGY AND UZBEKISTAN’S CASE
Halawani Firas, Khamrayeva Komila, Rustamov G‘iyos, Maksudov Khusniddin
Ushbu maqola iqlim o‘zgarishi sharoitida yoshlar orasida ekologik xabardorlikni oshirish va ularning “uglerod izi”ni baholashning ahamiyatini tahlil qiladi. Shuningdek, xalqaro tadqiqotlarga tayangan holda yoshlarning kundalik odatlari tabiatga qanday ta’sir qilishi …
-
TREND ANALYSIS OF NITROGEN OXIDE (NO) AND NITROGEN DIOXIDE (NO 2 ) CONCENTRATION IN TASHKENT CITY (BASED ON MANN-KENDALL TEST)
Otamurodov Davlatbek
Ushbu tadqiqotda, 2012-yil yanvaridan 2022-yil dekabrigacha, Toshkent shahri havosidagi azot oksidi (NO) va azot dioksidi (NO2) konsentratsiyasining uzoq muddatli o'rtacha qiymatlari MS Excel dasturi yordamida tahlil qilindi. O'zgarish dinamikasi Mann-Kendall …
-
IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA TOSHKENT SHAHRINING MIRZO ULUG‘BEK VA YANGIHAYOT TUMANLARIDA YASHIL QOPLAMA DINAMIKASINI NDVI ASOSIDA BAHOLASH
Aminov Xamza, Xakimova Nigora, Aminova Zuxra
Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishi va urbanizatsiya jarayonlari sharoitida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek hamda Yangihayot tumanlarida yashil qoplama dinamikasi NDVI ko‘rsatkichi asosida baholandi. NDVI masofadan zondlash tadqiqotlarida o‘simlik qoplami holati, zichligi …
-
CHORVACHILIKDA ORGANIK CHIQINDILARNI ANAEROB QAYTA ISHLASH SUBSTRAT SIFATIDAGI FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARINING ILMIY AHAMIYATI
Hamrayev Elmurod, Yusupova Shaxrizoda
Mazkur maqolada chorvachilikdan hosil bo‘ladigan organik chiqindilarning anaerob qayta ishlash jarayonidagi fizik-kimyoviy xususiyatlari tahlil qilindi. Chorvachilik chiqindilarining namlik darajasi, quruq modda miqdori, organik uglerod, azot, fosfor, pH muhiti, C:N nisbati …
-
БИОЛОГИЧЕСКИЕ И ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ТРОСТНИКА ОБЫКНОВЕННОГО (PHRAGMITES AUSTRALIS)
Курамбаев Ойбек
Ushbu maqolada Xorazm viloyati sharoitida keng tarqalgan oddiy qamish (Phragmites australis) ning biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganish natijalari hamda uning bug‘doyzorlarda tarqalishi tahlili keltirilgan. Tadqiqot davomida qamish ildizpoyalari orqali tez …
-
CHLORELLA VULGARIS SP1 SHTAMMI ASOSIDA BIOLOGIK PREPARAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI VA UNING AMALIY AHAMIYATI
Irnazarov Shuxrat, Uljayeva Zumrad
Ushbu maqolada Chlorella vulgaris SP1 shtammi asosida biologik preparat tayyorlash texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida mikroalga biomassasini laboratoriya va yarim sanoat sharoitida yetishtirish, uni ajratib olish, quritish …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROIQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA ZARARKUNANDALARGA QARSHI BIOLOGIK KURASHNING ISTIQBOLLARI
Toreniyazov Elmurat, Rozımova Amangul, Amaniyazov Islambek
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida qishloq xo‘jaligi ekinlarida tarqalgan asosiy zararkunandalarga qarshi biologik kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida entomoakarifaglarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari …
-
SURINAM UNXO‘RINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Avazov Sanjar
Ushbu maqolada surinam unxo‘ri (Oryzaephilus surinamensis L.) ning bioekologiyasi to‘g‘risida ma’lumotlari keltirilgan bo‘lib surinam unxo‘ri tuxumi havo harorati 17 °C bo‘lganda 30 kun, 20 °C da 12 kun, 22 °C …
-
SABZAVOT AGROBIOTSENOZIDA SHIRALARNING PARAZIT ENTOMOFAGLARI VA ULARNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Rustamov Atxam, Ergashev Mirodil, Turdimatova Nodira
Maqolada sabzavot agrobiotsenozlarida uchraydigan o‘simlik shiralari paraziti Lysiphlebus fabarum Marsh ning biologik xususiyatlari, o‘simlik shiralari bilan zararlanish darajasi va yashovchanligi laboratoriya hamda dala sharoitlarida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tabiatdan yig‘ilgan …