2-maqola

SUG‘ORILADIGAN YERLARNING BARQAROR BOSHQARUVIDA RAQAMLI MONITORINGNING O‘RNI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)

Amrilloyev Azizjon
“O‘zdavyerloyiha” DILI
ORCID: 0009-0001-9969-2566
Akramov Islam
“ Toshvilyerloyiha” boʻlinmasi direktori
ORCID: 0009-0009-1574-1534
Nazarov Zavqiy
“O‘zdavyerloyiha” DILI
ORCID: 0009-0002-8185-2530

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyatida sug‘oriladigan yerlarni raqamli texnologiyalar asosida monitoring qilish tizimini yaratish va uning iqtisodiy samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi an’anaviy monitoring usullarining kamchiliklarini bartaraf etish hamda GIS, Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, NDVI, NDWI, NDSI, Salinity Index spektral indekslari, IoT sensorlari va dron texnologiyalarini integratsiya qilgan zamonaviy monitoring tizimini ishlab chiqishdan iborat. Buxoro viloyatida 282 269 gektar sug‘oriladigan yer mavjud bo‘lib, ulardan 86 foizdan ortig‘i turli darajadagi sho‘rlanishga uchragan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, taklif etilayotgan raqamli monitoring tizimi yer holatini real vaqt rejimida baholash, suv yo‘qotishlarini kamaytirish va sho‘rlanish jarayonlarini erta aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy tahlil natijalariga ko‘ra, tizimni joriy etishning foyda-xarajat nisbati (Benefit-Cost Ratio) 1:3,8 ni tashkil etib, suv sarfini 20–28% ga qisqartirish, hosildorlikni 8–15% ga oshirish va yer degradatsiyasidan keladigan iqtisodiy zararlarning oldini olish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, tizimning investitsiyaviy qaytish muddati 2,5–3,5 yilni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

How to cite

GOSTAmrilloyev A., Akramov I., Nazarov Z. SUG‘ORILADIGAN YERLARNING BARQAROR BOSHQARUVIDA RAQAMLI MONITORINGNING O‘RNI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA) // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/1733/.
APAAmrilloyev A., Akramov I., Nazarov Z. (2026). SUG‘ORILADIGAN YERLARNING BARQAROR BOSHQARUVIDA RAQAMLI MONITORINGNING O‘RNI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA). Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://agrokarantin.uz/articles/1733/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026