AGRO KIMYO HIMOYA

CHORVACHILIKDA ORGANIK CHIQINDILARNI ANAEROB QAYTA ISHLASH SUBSTRAT SIFATIDAGI FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARINING ILMIY AHAMIYATI

Hamrayev Elmurod
Yusupova
ORCID: 0009-0008-0944-7956
Yusupova Shaxrizoda
Qarshi davlat texnika universiteti

Annotatsiya

<p>Mazkur maqolada chorvachilikdan hosil bo‘ladigan organik chiqindilarning anaerob qayta ishlash jarayonidagi fizik-kimyoviy xususiyatlari tahlil qilindi. Chorvachilik chiqindilarining namlik darajasi, quruq modda miqdori, organik uglerod, azot, fosfor, pH muhiti, C:N nisbati va mikrobiologik faolligi anaerob bijg‘ish samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, biogaz hosil bo‘lish jarayonida substratning dispersligi, harorat rejimi va organik yuklama ko‘rsatkichlari muhim omillar ekanligi yoritildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, chorvachilik organik chiqindilaridan samarali foydalanish ekologik xavfsizlikni ta’minlash bilan bir qatorda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Chop etilgan: 01.06.2026