AGRO KIMYO HIMOYA
2-maqola

QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YERLAR HISOBI MA’LUMOTLARINI YANGILASH DAVRIYLIGINI TABAQALASHTIRISHNING ILMIYUSLUBIY ASOSLARI

Tashbayeva Hulkaroy
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti
ORCID: 0009-0009-5065-2350

Annotatsiya

<p>Maqolada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisobi&nbsp;ma’lumotlarini yangilash davriyligini tabaqalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari&nbsp;yoritilgan. Yer hisobi ma’lumotlari mazmuni, o‘zgaruvchanlik darajasi, shakllanish&nbsp;davri, boshqaruvdagi vazifasi va xavfga sezuvchanlik xususiyatiga ko‘ra bir xil&nbsp;davriylikda yangilanishi maqsadga muvofiq emasligi asoslangan. Tadqiqotda yer&nbsp;hisobi ma’lumotlarini har oylik, mavsumiy, yillik va favqulodda holatda&nbsp;yangilanadigan guruhlarga ajratish modeli taklif etilgan. Ushbu model yer hisobi tizimini statik qayd yuritish shaklidan dinamik axborot-boshqaruv tizimiga&nbsp;o‘tkazish, monitoring natijalarini tezkor aks ettirish, boshqaruv qarorlarining&nbsp;aniqligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Maqolada statistik, huquqiy va ilmiy-uslubiy&nbsp;ma’lumotlar asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisobi ma’lumotlarini&nbsp;tabaqalashtirilgan davriylik asosida yangilash zarurati ilmiy jihatdan asoslab&nbsp;berilgan.</p> <p>&nbsp;</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Chop etilgan: 22.06.2026