AGRO KIMYO HIMOYA

O‘SIMLIK ZAMBURUG‘ KASALLIKLARINI BIOLOGIK NAZORAT QILISHDA TRIXODERMA TURLARINING AHAMIYATI (SHARH)

Mirabidova Dildora
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0000-4306-3587
Berdiyeva Feruza
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0005-8034-0893

Annotatsiya

<p>Maqolada o‘simlik kasalliklariga qarshi kurashda kimyoviy pestitsidlarning salbiy ekologik ta’siri tahlil qilinib, biologik nazorat usullarining afzalliklari yoritilgan. Xususan, Trichoderma turkumiga mansub zamburug‘larning fitopatogenlarga qarshi antagonistik xususiyatlari, ularning antifungal metabolitlar ishlab chiqarish, ozuqa va hudud uchun raqobat hamda mikoparazitizm mexanizmlari orqali ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda bayon etilgan. Shuningdek, Trichoderma turlarining evolyutsion rivojlanishi va ekologik moslashuvchanligi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu zamburug‘larning samaradorligi ko‘p jihatdan iqlim omillari va tuproq mikrobiotasi bilan bog‘liq bo‘lib, ayniqsa mahalliy ekologik sharoitlarga moslashgan shtammlar yuqori natijalar beradi. O‘zbekiston sharoitida biofungitsidlar bozorining yetarlicha rivojlanmaganligi, import mahsulotlarining yuqori narxi hamda keskin kontinental iqlim sharoitida ularning samaradorligi pasayishi mahalliy Trichoderma shtammlarini ajratib olish va o‘rganish zaruratini oshiradi. Shu sababli, mahalliy shtammlarning antagonistik xususiyatlarini chuqur tadqiq etish va amaliyotga joriy etish istiqbolli yo‘nalish sifatida baholanadi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Chop etilgan: 01.06.2026