Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
BUG‘DOY KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARINING SAMARADORLIGI
Akbarov Raxmonjon, Raximov Ixtiyorjon
Ushbu maqolada bug‘doy yеtishtirishda hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kasalliklar, xususan, zang, un-shudring, septarioz kasalliklarining bioekologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kasalliklarning tarqalish dinamikasi va ularning don sifatiga ta’siri ko‘rib …
-
BUG‘DOY DONIDA UCHRAYDIGAN ZAMBURUG‘LAR VA ULARNING URUG‘ UNUVCHANLIGIGA TA’SIRI
Xaytbayeva Nodira, Alamuratov Rayimjon, Rasulova Madina
Maqolada bug‘doy donida uchraydigan mikroorganizmlar va ularning don unuvchanligi va ko‘chat qalinligiga ta’siri o‘rganilgan. Urug‘ yuzasida uchraydigan tuproq zamburug‘lariga: Bipolaris, Alternaria, Fusarium, Tilletia (Tilletia lives va Tilletia caries), Ustilago, Uromyces …
-
KUZGI YUMSHOQ BUGʼDOY NAVLARINING SUT PISHISH DAVRLARIGA MINTAQA SHAROITI TAʼSIRI
Ishankulova Gavxar
Ushbu maqolada kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining sut pishish davriga mintaqa sharoitlarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, harorat va boshqa agroiqlim omillari sut pishish davrining davomiyligi hamda navlarning rivojlanish xususiyatlariga sezilarli …
-
KUZGI BUG‘DOYDA ILDIZDAN TASHQARI OZIQLANTIRISHNING HOSILDORLIK VA HOSIL STRUKTURASIGA TA’SIRI
Esirgapova Nigina
Ushbu maqolada kuzgi bug‘doyda ildizdan tashqari oziqlantirishning hosil strukturasi va hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tajriba Sirdaryo viloyati sharoitida olib borildi. Natijalar foliar oziqlantirish boshoqdagi donlar soni, 1000 dona vazni va umumiy …
-
KUZGI BUG‘DOYDA BIR YILLIK BOSHOQLI BEGONA O‘TLARGA QARSHI YANGI STARWIN SUPER 30%, EM.K. PREPARATINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Djumaniyazov Mardon, Jumamuratov Ulug‘bek
Qishloq xo‘jaligida g‘alla maydonlardagi bir yillik boshoqli begona o‘tlarga yangi turdagi gerbitsidlarni sinovdan o‘tkazish va biologik samaradorligini aniqlash.
-
FOSFORLI VA KALIYLI О‘G‘ITLARNING KUZGI BUG‘DOY DONINING HOSILI VA SIFATIGA TA’SIRI
Bobomurotova Moxira
Ilmiy-tadqiqot ishlarimizda Qashqadaryoning bо‘z-о‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan sifatli don hosili olish uchun mineral о‘g‘itlardan P-126, K-90 kg/ga meyorda shudgor oldidan, N-180 kg/ga tuplash, naychalash hamda boshoqlash fazalarida qо‘llash kerakligi …
-
KUNJUT (SESAMUM INDICUM L) NAV VA NAMUNALARIDA MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARI YUQORI BO‘LGAN BIRLAMCHI MANBALARNI TANLASH
Amanova Maxfurat, Norov Ilxom
Maqolada kunjut (Sesamum indicum L) ning 100 ta nav va namunalarining qimmatli xo‘jalik belgilari yani mahsuldorlik ko‘rsatkichi, 1000 dona don vazni, bitta qo‘zoqchadagi don soni xamda bitta o‘simlikdagi qo‘zoqchalar soni …
-
RIJIK O‘SIMLIGINI YETISHTIRISHDA OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING DON HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
O‘rinova Gulnora
Mazkur maqolada rijik (Camelina sativa) o‘simligini yetishtirishda mineral o‘g‘itlar me’yorlarining o‘sish va rivojlanish jarayonlariga, qishga chidamliligiga hamda don hosildorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda Penziyak va Karat navlarida azot, fosfor va kaliy …
-
RIJIK (CAMELINA SATIVA) EKININI O‘G‘ITLASHNING URUG‘ HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
O‘rinova Gulnora
Maqolada rijikning Penzyak va Karat navlarida turli meʼyordagi azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning urug‘ hosildorligiga taʼsiri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari maʼdan o‘g‘itlarni qo‘llash hosildorlikni sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Eng yuqori …
-
SHOLI (ORYZA SATIVA L.) NAVLARINING OPTIMAL HARORAT SHAROITIDA LABORATORIYA UNUVCHANLIGI VA BOSHLANG‘ICH ONTOGENEZ KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Xojamkulova Yulduzoy, Qashqaboyeva Chulpanoy, Xayitov Maqsadbek, Nomozov Zokir
Ushbu maqolada sholining mahalliy seleksiyasiga mansub “Manzur” va “Rizq” navlarining urug‘lik sifati va boshlang‘ich rivojlanish dinamikasi laboratoriya sharoitida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotlar GOST 12038-84 davlat standarti talablari asosida, nazorat qilinadigan …
-
SHOLI NAVLARINING POYA BALANDLIGIGA MIKROO‘G‘ITLAR QO‘LLASHNING TA’SIRI
Meyliyeva Nargiza, Urazmetov Qahramon
Ushbu maqolada sholi navlarini turli mikroelementlarning har xil me’yorlarida oziqlantirilganda poya balandligiga ta’siri bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lib, Mustaqillik navining pishish davrida fon variantida poya balandligi 125,2 sm, …
-
MOSH NAVLARINING QURUQ MASSA TOʻPLASH JADALLIGIGA EKISH TIZIMLARI HAMDA MA'DANLI OʻGʻITLAR QOʻLLASH ME'YORLARINING TA'SIRI
Shoymuradov Abror, Adisolomova Iroda
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh ekish tizimi hamda mineral o’g’itlar bilan oziqlantirishni Durdona va Barqaror navlari uchun eng yuqori biologik quruq massa toʻplash bir tup …
-
NO‘XAT HOSILDORLIGIGA KASALLIK TURLARINING ZARARI
Raxmonov Jalil, Bababekov Qalandar, Razzokova Nazigul, Alamuratov Rayimjon, Xaytbaeva Nodira, Rasulova Madina
Maqolada lalmikor maydonlarda no‘xat ekinida uchraydigan un shudring, fuzarioz so‘lish va askoxitoz kasalliklarning tarqalishi monitoring qilingan. Bu kasalliklar o‘simlikning rivojlanishini sekinlashtirib, hosildorlikka 45-50% gacha zarar yetkazishi olib borilgan tajribalarda kuzatilgan. …
-
NO‘XAT (CICER ARIETINUM L.) NAVLARIDA GERBITSID VA BIOSTIMULYATORLARNI KETMAKET QO‘LLASHNING VEGETATSIYA DAVRI VA HOSIL ELEMENTLARIGA TA’SIRI
Yo‘ldoshev Abdulaziz, Turdiyeva Nilufar
Ushbu maqolada no‘xatning “Zumrad” va “Polvon” navlarida gerbitsidlar (pendimetalin, prometrin va imazapyr asosidagi preparatlar) hamda “Ekobiosfera Organik plyus” biostimulyatorini ketma-ket qo‘llashning vegetatsiya davri davomiyligi va hosil elementlariga ta’siri o‘rganildi. 2022–2024-yillarda …
-
SOYA (GLYCINE MAX (L.) MERR.) XORIJIY KOLLEKSIYA NAMUNALARI ASOSIDA YARATILGAN YANGI TIZMALARNING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI VA ULARNING KORRELYATSION TAHLILI
Xudoyberdiyeva Nargiza, Rahmonqulov Murod
Ushbu tadqiqotda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti xorijiy kolleksiyasidagi 27 ta xorijiy soya nav namunalari asosida yaratilgan 8 ta istiqbolli tizmaning qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganildi. Tajribalar 2022–2024-yillarda Toshkent viloyatining tipik …
-
MOYLI ZIG‘IR NAVLARINI EKISH MUDDATLARI VA EKISH ME’YORLARINING O‘SIMLIK BO‘YI BALANDLIGI VA BARG SONIGA TA’SIRI
Maxammadiyeva Adiba, Sattarov Isroil, Mavlanov Laziz
Maqolada moyli zig‘ir (Linum usitatissimum L.) o‘simligining Bahorikor va Lalmikor navlarini turli muddatlarda (01-10 mart, 11-20 mart va 21–30 mart) hamda turli ekish me’yorlarida (3,5; 4,0 va 4,5 mln dona/ga) …
-
MOSH VA LOVIYA YETISHTIRISHDA BEGONA O‘TLARGA QARSHI GERBITSIDLAR QO‘LLASHNING TUPROQNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TA’SIRI
Sattorov Shoximardon, Kimsanboyev Xujamurat, Usmonov Muhiddin, Abdillayev Marat
Maqolada Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproq sharoitida mosh va loviya ekinlarini yetishtirishda begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilgan gerbitsidlarning tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta’siri kompleks tarzda tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida gerbitsidlar qo‘llanilishi natijasida …
-
ISSIQXONA SHAROITIDA SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARIDA ALMASHINUVCHI KALIY (K₂O) DINAMIKASIGA O‘G‘ITLARNING TA’SIRI
Sanakulov Akmal, Islomov Asqarjon
Ushbu maqolada issiqxona sharoitida sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda almashinuvchi kaliy (K₂O) miqdorining vegetatsiya davomida o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar uch yillik tajribalar asosida olib borilib, turli o‘g‘it tizimlarining kaliy rejimiga ta’siri …
-
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA ALMASHLAB EKISH TIZIMLARI VA TURLI OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING TUPROQ G‘OVAKLIGIGA TA’SIRI
Ismailov Dauletbay, Xalikov Baxodir
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘za, jo‘xori, kunjut, soya va mosh ishtirokidagi almashlab ekish tizimlari hamda turli mineral o‘g‘it me’yorlarining tuproq g‘ovakligiga ta’siri o‘rganildi. Tajribalar 2023-2024 yillarda olib …
-
QISHLOQ XO‘JALIGI TUMANLARIDAGI SUG‘ORILADIGAN YERLARNING ELEKTRON RAQAMLI TUPROQ XARITALARINI YARATISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBASI
Xojiyev Kuchkor, Aliyev Azizjon
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi tumanlaridagi sug‘oriladigan yerlarning 1:25 000 masshtabli elektron raqamli tuproq xaritalarini yaratish bo‘yicha rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Tadqiqotda raqamli tuproq xaritalashning nazariy va metodologik asoslari, jumladan …