2-maqola

MOYLI ZIG‘IR NAVLARINI EKISH MUDDATLARI VA EKISH ME’YORLARINING O‘SIMLIK BO‘YI BALANDLIGI VA BARG SONIGA TA’SIRI

Maxammadiyeva Adiba
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0006-9837-9742
Sattarov Isroil
Samarqand Davlat Universiteti
ORCID: 0009-0009-0615-9470
Mavlanov Laziz
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti Baxmal ilmiy tajriba stansiyasi
ORCID: 0009-0003-4882-6768

Abstract

Maqolada moyli zig‘ir (Linum usitatissimum L.) o‘simligining Bahorikor va Lalmikor navlarini turli muddatlarda (01-10 mart, 11-20 mart va 21–30 mart) hamda turli ekish me’yorlarida (3,5; 4,0 va 4,5 mln dona/ga) ekish sharoitida o‘simlik bo‘yi balandligi va barg sonining o‘sish-rivojlanish bosqichlari (archalash, g‘unchalash, gullash, ko‘k pishish) bo‘yicha o‘zgarishi tahlil qilingan. G‘allaorol tumani sharoitida 2024-yilda o‘tkazilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, har ikkala nav uchun ham 11-20 mart muddatida, 4,0 mln dona/ga me’yorida ekilgan variantlar eng yuqori, o‘simlik bo‘yi va barg soni ko‘rsatkichlariga erishdi. Lalmikor navi barcha bosqichlarda bahorikor naviga nisbatan biroz yuqori natija ko‘rsatdi. Ekish me’yorining 4,5 mln dona/ga gacha oshirilishi, aksincha, o‘simlik bo‘yi va barg sonining pasayishiga olib keldi, bu esa o‘simliklar orasidagi raqobatning kuchayishi bilan izohlanadi.

How to cite

GOSTMaxammadiyeva A., Sattarov I., Mavlanov L. MOYLI ZIG‘IR NAVLARINI EKISH MUDDATLARI VA EKISH ME’YORLARINING O‘SIMLIK BO‘YI BALANDLIGI VA BARG SONIGA TA’SIRI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/1723/.
APAMaxammadiyeva A., Sattarov I., Mavlanov L. (2026). MOYLI ZIG‘IR NAVLARINI EKISH MUDDATLARI VA EKISH ME’YORLARINING O‘SIMLIK BO‘YI BALANDLIGI VA BARG SONIGA TA’SIRI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://agrokarantin.uz/articles/1723/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026