2-maqola

SOYA (GLYCINE MAX (L.) MERR.) XORIJIY KOLLEKSIYA NAMUNALARI ASOSIDA YARATILGAN YANGI TIZMALARNING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI VA ULARNING KORRELYATSION TAHLILI

Xudoyberdiyeva Nargiza
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0003-5929-0348
Rahmonqulov Murod
ORCID: 0000-0003-1891-1681

Abstract

Ushbu tadqiqotda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti xorijiy kolleksiyasidagi 27 ta xorijiy soya nav namunalari asosida yaratilgan 8 ta istiqbolli tizmaning qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganildi. Tajribalar 2022–2024-yillarda Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida olib borildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra T-138-4 va T-183-1 tizmalari hosildorlik bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatib, mos ravishda 36,1 va 36,0 s/ga hosil berdi. Oqsil miqdori T-138-4 va T-124-3 tizmalarida eng yuqori bo‘lib, 41,8 va 41,5 % ni tashkil etdi. Korrelyatsion tahlil natijasida ayrim tizmalarda hosildorlik va oqsil miqdori o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik aniqlandi. Ko‘pchilik genotiplarda oqsil va moy miqdorlari o‘rtasida salbiy korrelyatsiya kuzatildi. Olingan natijalar seleksiya ishlarida yuqori hosildor va yuqori sifatli boshlang‘ich ashyolarni tanlash imkonini beradi.

How to cite

GOSTXudoyberdiyeva N., Rahmonqulov M. SOYA (GLYCINE MAX (L.) MERR.) XORIJIY KOLLEKSIYA NAMUNALARI ASOSIDA YARATILGAN YANGI TIZMALARNING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI VA ULARNING KORRELYATSION TAHLILI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/1721/.
APAXudoyberdiyeva N., Rahmonqulov M. (2026). SOYA (GLYCINE MAX (L.) MERR.) XORIJIY KOLLEKSIYA NAMUNALARI ASOSIDA YARATILGAN YANGI TIZMALARNING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI VA ULARNING KORRELYATSION TAHLILI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://agrokarantin.uz/articles/1721/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026