2-maqola
SHOLI NAVLARINING POYA BALANDLIGIGA MIKROO‘G‘ITLAR QO‘LLASHNING TA’SIRI
Meyliyeva Nargiza
O‘simliklar genitek resurslari ilmiy tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0008-2273-4060
Annotatsiya
<p>Ushbu maqolada sholi navlarini turli mikroelementlarning har xil me’yorlarida oziqlantirilganda poya balandligiga ta’siri bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lib, Mustaqillik navining pishish davrida fon variantida poya balandligi 125,2 sm, fon+suv variantida 143,9 sm bo‘lganligi aniqlandi. Bor mikroo‘g‘itining 1895 ml/ga me’yori qo‘llanilgan variantlarda poya balandligi me’yorlarga mos ravishda 158,0 sm bo‘lganligi aniqlandi va bu ko‘rsatkichlar fon variantidan 32,8 sm.ga hamda 26,2 % ga va fon+suv variantidan 14,1 sm.ga hamda 9,9 % ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan.</p>
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150
№5 [120], 2026
Chop etilgan: 22.06.2026