Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
EKISH TIZIMLARI HAMDA CHILPISH MUDDATLARINING PAXTA TOLASINI TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Yusupov Hasan, Shakirova Dildora
Ushbu maqolada Xorazm viloyati tuproq iqlim sharoitida ekilayotgan yangi istiqbolli “Sulton”, “C-8294” g‘o‘za navlarning hosildorligi, 1000-ta chigit vazni va tolaning sifat ko‘rsatkichlariga ekish tizimi hamda chilpish muddatlarining ta’siri o‘rganiladi.
-
TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA ECOGUMIN ORGANIK O‘G‘ITI VA MA’DANLI O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING G‘O‘ZANI O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Ahmadjonova Gulnoza, Asatova Saodat
Ushbu ilmiy tadqiqot ishida g‘o‘zaning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi, yuqori va sifatli hosil to‘plashi uchun mineral o‘g‘itlar bilan birga organic Ecogumin o‘g‘itini qo‘llash orqali oziqlantirish zarurligi aniqlangan.G‘o‘za ekiniga mineral o‘g‘itlar N-200, …
-
BIRINCHI YILGI SELEKSIYA KO‘CHATZORIDA F4 DURAGAY KOMBINATSIYALAR QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARINING TAHLILI
Xakimov Shaxbozbek
Maqolada beshta F4 duragay kombinatsiyaning birinchi yilgi seleksiya ko‘chatzoridagi qimmatli xo‘jalik belgilari tahlil qilingan. “Andijon-36 × Omad” va “Andijon-35 × Omad” kombinatsiyalari ertapisharlik, ko‘sak vazni, mahsuldorlik va tola sifati bo‘yicha …
-
BAHORGI BUG‘DOY URUG‘INING UNUVCHANLIGINI LABORATORIYA SHAROITIDA ANIQLASH
Musayev Mansur, Ravshanov Mirjalol
Ushbu maqolada bahorgi bugʻdoyning Bunyodkor va Kesh-2016 navlari urugʻlarining laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash yuzasidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalari to‘liq yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi urugʻlarning sifat darasini baholash va ularning ekishga yaroqliligini …
-
TEMIRLI MIKROO‘G‘ITLAR BILAN BARG ORQALI OZIQLANTIRISHNING KUZGI QATTIQ BUG‘DOYNING KLEYKOVINA MIQDORIGA TA’SIRI
Shermurodov Sardor, Maxmanazarova Baxrigul
Boshoqli don ekinlari navlarining biologik xususiyatlari hamda tuproq-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish, joriy etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Kuzgi qattiq bug‘doyning “Zilol” naviga an’anaviy …
-
EKSTREMAL IQLIM SHAROITIDAGI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI ALYUVIAL TUPROQLARNING MEXANIK TARKIBI VA SHO‘RLANISH DARAJASI
Do‘saliyev Alijon, Ismonov Abduvahob, Mamajanova O‘ktamxon, Kattayeva Gulnoza
Maqolada sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarning mexanik tarkibi va sho‘rlanish tipi va darajalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarning mexanik tarkibi asosan yengil va o‘rta qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori …
-
NAMANGAN VILOYATI MINGBULOQ TUMANI GULISTON MASSIVI HUDUDI SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO’JALIGI YER MAYDONI TUPROQLARINING SHO‘RLANISH DARAJASI
Ruziyev Abror, Shamsiddinov To’lqin, Xoldorov Shovkat
Mazkur tadqiqotda Namangan viloyati Mingbuloq tumani Guliston massivi hududidagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproq sho‘rlanish darajasi va uning shakllanish omillari kompleks baholandi. Tadqiqot natijalari hududda sho‘rlanishning sezilarli darajada tarqalganligini ko‘rsatdi: …
-
SHIMOLIY QORAQALPOGʻISTON SUGʻORILADIGAN TUPROQLARNING MEXANIK TARKIBI (QORAOʻZAK TUMANI, A. DOSNAZAROV MASSIVI MISOLIDA)
Diyana Janibek
Tuproqlarning mexanik tarkibi ularning uzoq yillar davomidagi saqlanadigan xossalaridan biriga kiradi. Mexanik tarkib tuproqga uni hosil qilgan ona jinsdan meros qilib beriladi. Shunisini ham aytish kerakki ko‘pchilik tuproq xossa va …
-
FOSFOR SAQLOVCHI O‘G‘ITLARNING TUPROQ FOSFAT REJIMIGA TA’SIRI (GULKARAM EKINI MISOLIDA)
Elmurodova Gulmira
Ushbu maqolada o‘tloqi-bo‘z tuproqlar fosfat rejimiga fosfor saqlovchi o‘g‘it turlari va me’yorlarining ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Gulkaram yetishtirishda fosfor saqlovchi o‘g‘itlar qo‘llanilganda o‘tloqi-bo‘z tuproqlarda o‘simlik o‘zlashtirishi uchun eng qulay bo‘lgan …
-
YER TOIFASINI OʻZGARTIRISH JARAYONIDA QISHLOQ XOʻJALIGI YERLARINING MIQDORIY VA SIFAT HOLATINI BAHOLASH
Safayev Sanjarbek
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni boshqa yer toifalariga o‘tkazish jarayonida ularning miqdoriy va sifatiy holatini baholash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda yer resurslarining qisqarishi, tuproq unumdorligining pasayishi, meliorativ va ekologik …
-
NAMANGAN VILOYATI MINGBULOQ TUMANI SUG‘ORILADIGAN YERLARIDA TUPROQ UNUMDORLIGI KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
Suyarov Yashin, Sodiqova Gulchexra, Xoldorov Shovkat
Mazkur tadqiqot Namangan viloyati Mingbuloq tumani sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproq unumdorligi ko‘rsatkichlarini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hudud tuproqlari asosan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlardan iborat bo‘lib, ularning mexanik tarkibi qumli …
-
ВЛАЖНОСТЬ И ТЕПЛОВЫЕ СВОЙСТВА ДЕРНОВО-ПОДЗОЛИСТОЙ ПОЧВЫ ПОД НАСЖДЕНИЯМИ ЗЕМЛЯНИКИ
Холикулов Шоди, Патрушев Владимир
Maqolada qulupnay yetishtirishda chimli-kulrang qumloq tuproqlarning namlik dinamikasi va issiqlik-fizikaviy ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ixtiyoriy me’yor bilan tizimsiz sug‘orish tuproq profilining me’yordan ortiq namlanishiga olib keladi va …
-
SHO‘RLANISH SHAROITIDA G‘O‘ZA (GOSSYPIUM HIRSUTUM L.) GENOTIPLARINING MORFO-FIZIOLOGIK VA MOLEKULYAR-GENETIK XUSUSIYATLARINI BAHOLASH
Shavqiyev Jaloliddin, Azimov Abdulaxat, Mamarasulov O‘rozbek
Tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini cheklovchi asosiy ekologik omillardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda g‘o‘za (Gossypium hirsutum L.) genotiplarining sho‘rlanish sharoitida morfo-fiziologik va molekulyar-genetik xususiyatlari baholandi. Genotiplarning sho‘r stressga bardoshliligini …
-
OROLBO‘YI EKOLOGIK INQIROZI TA’SIRIDA YUZAGA KELGAN TEXNOGEN CHO‘L TUPROQLARIGA DALA TADQIQOT ISHLARINI O‘TKAZISH
Perdebaeva Indira, Sultashova Oralxan, Bekbanov Atamurat, Shaudirbaev Nurdaulet
Markaziy Osiyo uchun katta kulfatlardan biri hisoblangan Orol dengizining qurishi yaqin 60-70 yilda qariyib 3,2 mln gektardan oshiq maydonni suvdan bo‘shab qumli cho‘lga aylanishiga olib keldi. Ushbu maqolada qurigan Orol …
-
УЗБЕКИСТАН КАК МОДЕЛЬНЫЙ РЕГИОН АРАЛЬСКОГО БАССЕЙНА В УГЛЕРОДНОЙ ПОВЕСТКЕ: ПОЧВЫ, ДЕГРАДАЦИОННЫЕ РИСКИ, MRV И CDR-РЕШЕНИЯ
Юртаев Андрей, Шварцева Ольга, Гафурова Лазиза
Oʻzbekiston Orol havzasining karbon va yer degradatsiyasi kun tartibining asosiy unsurlarini oʻzida mujassamlashtiradi: ikkilamchi shoʿrlanish xavfi yuqori sugʿoriladigan yerlar (60%+), yaylovlar degradatsiyasi, Orolqum tuzchang boʿronlari manbai sifatida, delta va toʿqay …
-
TRIXOGRAMMA (TRICHOGRAMMATIDAE) TURLARINI BIOEKOLOGIYASI
Kimsanbaev Xojimurod, Alaviddinxojayeva Malikaxon
Ushbu maqolada Trixogramma (Trichogrammatidae) turlarining bioekologiyasi, hayot sikli, xususiyatlari va O’zbekiston sharoitida biologik kurash vositasi sifatida qo’llanilishi tahlil qilindi. Maqolada Trixogramma turlarining samaradorligi, ularni laboratoriyadako’paytirish va tarqatish usullari, iqlim kabi …
-
TURLI OZIQA MUHITLARIDA KO‘PAYTIRILGAN MUM KUYASI AVLODLARINING REPRODUKTIV KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH
Jumaev Rasul, Rajabov Shoxrux
Maqolada ananaviy va ixtiro qilingan oziqalarda ko‘paytirilgan mum kuyasining (Galleria mellonella) sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar yoritilgan. Ixtiro qilingan oziqada ko‘paytirilgan qurt kapalaglari 788 dona tuxum qo‘ygan bo‘lsa, an’anaviy …
-
MOMORDICA CHARANTIA L. DORIVOR XOMASHYOSIDA BIOLOGIK FAOL MODDALARNING TOʻPLANISHI VA EKOLOGIK SHAROITLAR BILAN BOGʻLIQLIGI
Ziyadov Shuqurillo, Xusniddinova Marhaboxon
Mazkur maqolada Momordica charantia L. dorivor oʻsimligining bioekologik xususiyatlari hamda turli ekologik sharoitlarda biologik faol moddalarning toʻplanish qonuniyatlari oʻrganildi. Tadqiqot obyekti sifatida oʻsimlikning vegetativ va generativ organlari tanlab olinib, Botanika …
-
PLATANUS ORIENTALIS - SHARQ CHINOR BARGLARINING OG‘IR METALLAR BILAN IFLOSLANISh DARAJASI (CHIRCHIQ SHAHRI MISOLIDA)
Yuldasheva Saxiba, Xaydarova Xalima, Aburaimov Jasur
Ushbu maqolada sanoat korxonalaridan chiqayotgan zaharli gazlar bevosita o‘simliklarga ta'sir qiladi. Atmosfera havosining tarkibidagi zaharli gazlarni o‘zida ushlab qolish va bioindikatorlik xususiyatiga ega boʻ'lgan daraxt turlaridan Sharq chinori- Platanus orientalis …
-
UZUM SIRKASINING ZAMBURUG‘LARDAN HIMOYA XUSUSIYATLARI VA MEVALARNI SAQLASHDAGI AHAMIYATI
Xushboqova Shaxnoza, Xo‘janazarova Mo‘tabar, Azimova Dildoraxon
Uzum sirkasi tabiiy fermentatsiya mahsuloti hisoblanadi. Uzum sirkasining antifungal ta’siri asosan tarkibidagi organik kislotalar hamda turli fenologik birikmalar bilan bog’liq. Bizga ma’lumki zamburug’lar mevalarning saqlashda asosiy buzilish sabablaridan biridir. Tarkibidagi …