AGRO KIMYO HIMOYA

NAMANGAN VILOYATI MINGBULOQ TUMANI GULISTON MASSIVI HUDUDI SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO’JALIGI YER MAYDONI TUPROQLARINING SHO‘RLANISH DARAJASI

Ruziyev Abror
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0003-3145-0354
Shamsiddinov To’lqin
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0000-0003-1257-3546
Xoldorov Shovkat
“Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi
ORCID: 0000-0001-9394-215X

Annotatsiya

<p>Mazkur tadqiqotda Namangan viloyati Mingbuloq tumani Guliston massivi hududidagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproq sho‘rlanish darajasi va uning shakllanish omillari kompleks baholandi. Tadqiqot natijalari hududda sho‘rlanishning sezilarli darajada tarqalganligini ko‘rsatdi: umumiy 4966,53 gektar maydonning 51,46 % qismi o‘rta darajada, 26,28 % qismi kam darajada, 4,77 % va 3,79 % qismi mos ravishda kuchli va juda kuchli darajada sho‘rlangan. Sho‘rlanish jarayonining asosiy drayverlari sifatida grunt suvlari sathining 1,5-2,0 m chuqurlikda joylashganligi, drenaj tizimlarining past samaradorligi hamda yuqori bug‘lanish sharoitlari aniqlangan. Tadqiqot sho‘rlanishning hududiy differensiallashuvi suv rejimi va meliorativ infratuzilma bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar asosida sho‘rlanishni boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar taklif etildi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Chop etilgan: 23.04.2026