AGRO KIMYO HIMOYA

SHO‘RLANISH SHAROITIDA G‘O‘ZA (GOSSYPIUM HIRSUTUM L.) GENOTIPLARINING MORFO-FIZIOLOGIK VA MOLEKULYAR-GENETIK XUSUSIYATLARINI BAHOLASH

Shavqiyev Jaloliddin
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti
ORCID: 0000-0002-9647-829X
Azimov Abdulaxat
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti
ORCID: 0000-0002-3789-4875
Mamarasulov O‘rozbek
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti
ORCID: 0009-0003-3993-9859

Annotatsiya

<p>Tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini cheklovchi asosiy ekologik omillardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda g‘o‘za (Gossypium hirsutum L.) genotiplarining sho‘rlanish sharoitida morfo-fiziologik va molekulyar-genetik xususiyatlari baholandi. Genotiplarning sho‘r stressga bardoshliligini aniqlash maqsadida nisbiy suv miqdori (RWC), xlorofill indeksi (SPAD) va barglarning suv yo‘qotish ko‘rsatkichi (ELWL) kabi fiziologik parametrlar o‘rganildi. Shuningdek, morfo-xo‘jalik belgilari va tola sifati ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Genetik xilma-xillikni aniqlash hamda sho‘rga chidamlilik bilan bog‘liq lokuslarni belgilash uchun SSR markerlari asosida molekulyar tahlillar amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari genotiplar orasida fiziologik va agronomik ko‘rsatkichlar bo‘yicha sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. T-1002, T-1003 va Yulduz-2 genotiplari sho‘r stress sharoitida nisbatan yuqori bardoshlilik namoyon etdi. Shuningdek, sho‘rga chidamlilik bilan bog‘liq informativ molekulyar markerlar aniqlandi. Olingan natijalar g‘o‘za seleksiyasida sho‘rlanishga chidamli, yuqori hosildor va sifatli tolaga ega navlarni yaratishda muhim ahamiyatga ega.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Chop etilgan: 23.04.2026