AGRO KIMYO HIMOYA

TEMIRLI MIKROO‘G‘ITLAR BILAN BARG ORQALI OZIQLANTIRISHNING KUZGI QATTIQ BUG‘DOYNING KLEYKOVINA MIQDORIGA TA’SIRI

Shermurodov Sardor
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0008-1334-1177
Maxmanazarova Baxrigul
Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
ORCID: 0009-0001-1161-8020

Annotatsiya

<p>Boshoqli don ekinlari navlarining biologik xususiyatlari hamda tuproq-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish, joriy etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Kuzgi qattiq bug‘doyning “Zilol” naviga an’anaviy me’yorda N180P90K60 kg/ga mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda ildizidan tashqari temirli mikroo’g’itlar bilan oziqlantirish mikroo‘g‘it suspenziyasi me’yoriga bog‘liq holda donning texnologik sifat ko’rsatkichlaridan kleykovina miqdoriga ijobiy ta’sir etganligi aniqlandi. Kuzgi qattiq bug‘doyning o‘suv davrida ildizdan tashqari qo‘shimcha temirga boy Entomicro va TUD mikroo‘g‘iti bilan birgalikda qo‘shimcha oziqlantirilgan variantda boshqa variantlarga nisbatan 2,6-3,5 % ga oshirishi mumkinligi ta’minladi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Chop etilgan: 23.04.2026