AGRO KIMYO HIMOYA

SHIMOLIY QORAQALPOGʻISTON SUGʻORILADIGAN TUPROQLARNING MEXANIK TARKIBI (QORAOʻZAK TUMANI, A. DOSNAZAROV MASSIVI MISOLIDA)

Diyana Janibek
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0004-4102-3011

Annotatsiya

<p>Tuproqlarning mexanik tarkibi ularning uzoq yillar davomidagi saqlanadigan xossalaridan biriga kiradi. Mexanik tarkib tuproqga uni hosil qilgan ona jinsdan meros qilib beriladi. Shunisini ham aytish kerakki ko‘pchilik tuproq xossa va xususiyatlari ularning mexanik tarkibi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham tuproq mexanik tarkibi unumdorlikni va uning sifatini belgilab beradigan fizikaviy xossalarning biri hisoblanadi. Shu jumladan tuproqlarning sho‘rlanishi ham tuproq mexanik tarkibi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Tuproq mexanik tarkibiga qaray sho‘r yuvish me’yorlari, muddatlari hamda soni belgilab beriladi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Chop etilgan: 23.04.2026