Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
MAKKAJO‘XORI (ZEA MAYS L.) YETISHTIRISHDA YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH TEXNIKASI ELEMENTLARINI HISOBLASH VA SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Xidirov Bobur, To‘rayeva Elmira
Mazkur maqolada tipik bo‘z tuproqlar sharoitida makkajo‘xori (Zea mays L.) yetishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida yomg‘irlatib sug‘orish texnikasi elementlarini ilmiy asosda hisoblash, sug‘orish parametrlarini aniqlash hamda ularning …
-
TABIIY QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA GALOFITLARNING OʻRNI VA ULARDAN FOYDALANISH
Janibek qizi Diyana
Quyida galofitlar ekologiyasi va resurslarining ayrim jihatlari, shuningdek, ularni kompleks baholash hamda xalq xo‘jaligida qo‘llash natijalari keltiriladi. 1. Galofitlarning ayrim ekologik-biologik xususiyatlari. V. A. Kovdaning (1973) tadqiqotlariga ko‘ra, Yer materiklari …
-
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI IQLIM OʻZGARISHI SHAROITIDA SUGʻORILADIGAN YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Kdirbaeva Gulan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida iqlim o‘zgarishining sug‘oriladigan yer resurslariga ta’siri tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda kuzatilayotgan global iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi va tuproq sho‘rlanish darajasining ortishi qishloq xo‘jaligi samaradorligiga salbiy ta’sir …
-
YERLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASHISH HAMDA SALBIY OQIBATLARINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
Umarov Muhammad, Nizamov Sobirjon, Absalomova Madinaxon, G‘aybulloyeva Aziza, Karimova Nilufar
Mazkur maqolada mamlakatimizda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, degradatsiyaning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan, xususan, hududlarda shamol eroziyasi ta’sirida tuproqning ustki unumdor qatlamining keskin kamayishi, bunday salbiy omillarning oldini olishda qishloq …
-
YER TOIFASINI OʻZGARTIRISH JARAYONIDA QISHLOQ XOʻJALIGI YERLARINING MIQDORIY VA SIFAT HOLATINI BAHOLASH
Safayev Sanjarbek
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni boshqa yer toifalariga o‘tkazish jarayonida ularning miqdoriy va sifatiy holatini baholash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda yer resurslarining qisqarishi, tuproq unumdorligining pasayishi, meliorativ va ekologik …
-
LALMI TUPROQLARDA EROZIYA JARAYONLARINING OZIQ ELEMENTLAR TAQSIMOTI VA TA’MINLANGANLIK DARAJASIGA TA’SIRI
Sodiqova Gulchexra, Nasrillayeva E’zozabonu
Maqolada lalmi hududlarda tarqalgan bo‘z tuproqlarning degradatsiya holati, ularning morfologik xususiyatlari, mexanik tarkibi hamda gumus va ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasi tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari tuproqlarning turli darajada eroziyaga uchrashi …
-
ПРОБЛЕМЫ ПОВЫШЕНИЯ И ВОССТАНОВЛЕНИЯ ПЛОДОРОДИЯ ПОЧВЫ В НЫНЕШНИХ УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛЬНОГО ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА
Б Холзода
Maqolada Tojikiston Respublikasida global iqlim oʻzgarishining hozirgi sharoitida tuproq unumdorligi holati, ekin maydonlarining kamayib ketishiga olib keladigan umumiy masalalar va muammolar, shuningdek, ularning unumdorligini oshirish va tiklashning asosiy yoʻllari koʻrib …
-
TUPROQNING AGROKIMYOVIY XOSSALARINI SUG‘ORISH DAVRIGA KO‘RA O‘ZGARISHI
Xodjimurodova Nozimaxon, Hakimjonov Omon, Rizoyeva Navruzoy, Rahmonova Gulrux
Mazkur maqolada sug‘oriladigan tuproqlarning agrokimyoviy xossalari kompleks tarzda o‘rganilgan. Tadqiqotda yangidan va qadimdan sug‘oriladigan turli tuproq turlarida gumus, azot, fosfor va kaliy miqdori, shuningdek ularning harakatchan shakllari, karbonatlar, gips va …
-
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI XO‘JAYLI VA TAXIATOSH TUMANLARIDA TARQALGAN SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-ALLYUVIAL TUPROQLARINING MELIORATIV HOLATI
Xudaybergenova Nilufar, Raupova Nodira, Narkulova Ma'mura
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlarida tarqalgan sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning morfogenetik, granulometrik hamda meliorativ xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tuproqlar shakllanishida daryo yotqiziqlari, sizot suvlarining sathi va sug‘orish …
-
SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDA SHO‘RLANISH JARAYONLARINI GAT TEXNOLOGIYALARI ORQALI BAHOLASH
Zabidullaeva Ranaxan
Mazkur maqolada sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida sho‘rlanish jarayonlarini geoinformatsion texnologiyalar (GAT) asosida baholash masalalari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda sho‘rlanishning tabiiy va antropogen omillari, ularning hududiy tarqalishi hamda dinamik o‘zgarishlari …
-
SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY-EKOLOGIK HOLATI (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA)
Nizamov Sobirjon, Umarov Muhammad, Yusupboyeva Sevinchoy, Saidahmedova Zuhra, Martavaliyeva Sevinch
Mazkur maqolada Toshkent viloyati hududida tarqalgan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning agrokimyoviy va ekologik holati tahlil qilingan. Tuproqlarning gumus miqdori, makro va mikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasi, sho‘rlanish, degradatsiya jarayonlari hamda ularning …
-
NAVBAHOR TUMANI SUGʻORILADIGAN QISHLOQ XOʻJALIGI YER MAYDONI TUPROQLARINING OZUQA MODDALARI BILAN TA’MINLANISH DARAJASI
Ruziyev Abror, Ibrohimova Sevinch
Maqolada Navbahor tumani sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydoni tuproqlarining ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasi ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqot davomida hudud tuproqlarining agroximik xususiyatlari, fosfor va kaliy elementlari miqdori, shuningdek, gumus …
-
SHO‘RLANISH SHAROITIDA G‘O‘ZA (GOSSYPIUM HIRSUTUM L.) GENOTIPLARINING MORFO-FIZIOLOGIK VA MOLEKULYAR-GENETIK XUSUSIYATLARINI BAHOLASH
Shavqiyev Jaloliddin, Azimov Abdulaxat, Mamarasulov O‘rozbek
Tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini cheklovchi asosiy ekologik omillardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda g‘o‘za (Gossypium hirsutum L.) genotiplarining sho‘rlanish sharoitida morfo-fiziologik va molekulyar-genetik xususiyatlari baholandi. Genotiplarning sho‘r stressga bardoshliligini …
-
JIZZAX VILOYATI YER FONDI VA UNDAN FOYDALANISH
G‘ofirov Azim, Eshqulov Rustam
Ushbu maqolada Jizzax viloyati yer fondining hozirgi holati tahlil qilinib, 2015–2024-yillar davomida uning maqsadli yo‘nalishi, foydalanish shakllari hamda yerga egalik tizimidagi o‘zgarishlar qiyosiy o‘rganilgan va asosiy rivojlanish tendensiyalari aniqlangan. Shuningdek, …
-
YER RESURSLARINI BOSHQARISHDA GIS VA MASOFADAN ZONDLASH TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Kdirbaeva Gulan, Tolibaeva Azada
Mazkur maqolada yer resurslarini boshqarishda zamonaviy texnologiyalar, xususan geoaxborot tizimlari (GIS), masofadan zondlash, sun’iy intellekt va raqamli modellashtirish usullarining ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu texnologiyalar yer resurslaridan samarali foydalanish, monitoring qilish …
-
O‘RMON BIOTSENOZIDA LEPIDOPTERA TURKUMI BIOEKOLOGIYASI, TROPIK TARQALISHI
Sulaymonov Botir
Maqolada O‘zbekiston o‘rmon biotsenozlarida Lepidoptera turkumiga mansub fitofag hasharotlarning bioekologik xususiyatlari, populyatsiyasi, tropik aloqalari va daraxt turlari bo‘yicha dominantlik darajasi tahlil qilingan. Ilmiy kuzatishlar natijasida o‘rmon biotsenozida 19 ta fitofag …
-
G‘O‘ZANING KUZGI TUNLAMI (AGROTIS SEGETUM)NING BIOEKOLOGIYASI VA UNGA QARSHI UYG‘UNLASHGAN (IPM) KURASH TADBIRLARI ORQALI HIMOYA QILISH
Xamrayev Bobir, Rasuljonov Islomjon, Anarboyev Azimjon, Hamroyev Ilyos
Agrotis segetum - g‘o‘zaning kuzgi tunlamining bioekologik xususiyatlari, tarqalishi, rivojlanish dinamikasi va zararlilik darajasi o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida zararkunandaning agroekologik omillarga bog‘liq holda rivojlanishi, mavsumiy avlodlar soni va zarar yetkazish xususiyatlari …
-
SOYA EKIN MAYDONLARIDA UCHRAYDIGAN O‘RGIMCHAK KANAGA QARSHI KIMYOVIY PREPARATLAR QO‘LLASH SAMARADORLIGI
Karimov Nurbek
Mazkur maqolada soya (Glycine max L.) ekinlarida uchraydigan asosiy zararkunandalardan biri bo‘lgan o‘rgimchak kanaga qarshi kimyoviy preparatlarni qo‘llash samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotlar dala sharoitida olib borilib, soya o‘simligida zararkunanda kanalarning tarqalish …
-
KUZGI BUG‘DOYNING SARIQ ZANG KASALLIGIGA QARSHI QO‘LLANILGAN KIMYOVIY KURASH CHORALARINI HOSIL ELEMENTLARIGA TA’SIRI
Oripov Doniyor, Murodjonova Yulduz, Ziyoboyeva Go‘zal
Maqolada kuzgi bug‘doy ekinida turli fungitsid preparatlari va ularni IFO PZN 3,0 l/ga bilan birgalikda qo‘llashning o‘simlikning asosiy biometrik hamda hosildorlik elementlariga ta’siri o‘rganildi. Unga ko‘ra, o‘simlik bo‘yi, boshoq uzunligi, …
-
QURITILGAN POMIDOR MAHSULOTLARINING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI
G‘aniev Avazbek, Azizov Aktam
Mazkur maqolada quritilgan pomidor mahsulotlarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, pomidorning kimyoviy tarkibi va ozuqaviy qiymati tahlil qilingan. Shuningdek, pomidorni yetishtirish, saqlash va qayta ishlash usullari hamda quritish texnologiyalarining o‘ziga xos jihatlari, …