AGRO KIMYO HIMOYA

LALMI TUPROQLARDA EROZIYA JARAYONLARINING OZIQ ELEMENTLAR TAQSIMOTI VA TA’MINLANGANLIK DARAJASIGA TA’SIRI

Sodiqova Gulchexra
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0000-0002-4636-0250
Nasrillayeva E’zozabonu
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0009-9969-1086

Annotatsiya

<p>Maqolada lalmi hududlarda tarqalgan bo‘z tuproqlarning degradatsiya holati, ularning morfologik xususiyatlari, mexanik tarkibi hamda gumus va ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasi tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari tuproqlarning turli darajada eroziyaga uchrashi natijasida gumus, harakatchan fosfor va kaliy miqdorlarining kamayishini ko‘rsatdi. Shuningdek, tuproq unumdorligining pasayishiga qiyalik burchagi, ekspozitsiya, ona jins va namlanish sharoitlari katta ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslangan. Lalmi hududlarda tuproq degradatsiyasini oldini olish, gumus zaxiralarini tiklash va unumdorlikni oshirish maqsadida ilmiy asoslangan agrotexnologik va meliorativ chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlangan.&nbsp;</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Chop etilgan: 23.04.2026