AGRO KIMYO HIMOYA

SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDA SHO‘RLANISH JARAYONLARINI GAT TEXNOLOGIYALARI ORQALI BAHOLASH

Zabidullaeva Ranaxan
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti
ORCID: 0009-0000-0227-5639

Annotatsiya

<p>Mazkur maqolada sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida sho‘rlanish jarayonlarini geoinformatsion texnologiyalar (GAT) asosida baholash masalalari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda sho‘rlanishning tabiiy va antropogen omillari, ularning hududiy tarqalishi hamda dinamik o‘zgarishlari makon va vaqt kesimida o‘rganiladi. Shuningdek, masofadan zondlash ma’lumotlari asosida hisoblangan spektral indekslar (NDVI, SI, NDSI) yordamida tuproq sho‘rlanish darajasini aniqlash usullari yoritiladi. GAT texnologiyalarining tematik xaritalar tuzish, sho‘rlanish xavfi yuqori bo‘lgan zonalarni aniqlash va monitoring jarayonlarini takomillashtirishdagi imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari sho‘rlangan yerlarni samarali boshqarish, meliorativ tadbirlarni rejalashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishda GAT texnologiyalaridan foydalanish muhimligini tasdiqlaydi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Chop etilgan: 23.04.2026