Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
ENTOMOFAGLARNI BIOLABORATORIYA SHAROITIDA YANGI EKOLOGIK XAVFSIZ USULLARDA KO‘PAYTIRISH USULINI YARATISH
Abdullayev Muradjon, Yusupova Mahfuza, Xayitov Baxodir
Maqolada elektrokimyoviy faollashtirilgan suvning ishqoriy (katolit) va kislotali (anolit) muhitli qismlaridan biolaboratoriyalarda don kuyasi (Sitotroga cerealella Oliv) kapalagi tuxumi ko‘paytirish va ishlab chiqarish xonalarini zararsizlantirishda foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar natijalari …
-
KARTOSHKA O‘SIMLIGINI KOLORADO QO‘NG‘IZIDAN HIMOYA QILISHDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALI ULTRATOVUSH QURILMASIDAN FOYDALANISH
Abdikarimov Abdiraxim, Bayzakov Taxir
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, kartoshka yetishtirish samaradorligini oshirish hamda kartoshka ekinlariga jiddiy zarar yetkazuvchi Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi kurashish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda Kolorado qo‘ng‘izining morfologik tuzilishi, biologik xususiyatlari va kartoshka …
-
TRANSGEN BACILLUS THURINGIENSIS (BT) G‘O‘ZA JORIY ETILISHIDA IKKILAMCHI ZARARKUNANDALARNING KO‘PAYISHI VA AGROEKOLOGIK XAVF TAHLILI
Imomaliyev Erali, Jamolov Axadjon, Abdurahimov Diyorbek
Ushbu tadqiqotda Bt asosidagi g‘o‘za ekinlarining turli zararkunandalarga uzoq muddatli ta’siri tahlil qilingan. Bt g‘o‘za Helicoverpa armigeraga qarshi yuqori samaradorlik ko‘rsatib, insektitsidlar qo‘llanilishini sezilarli darajada kamaytirib agrotexnik jihatdan samarali yechim …
-
AYRIM ICHKI KARANTIN OBYEKTLARIGA QARSHI YANGI INSEKTITSIDLARNI SINASH NATIJALARI
Xo‘jayev Shomil, Xusenova Nodira
Maqolada respublikamizda ichki karantin ob’ektlari bo‘lib turgan 2 ta hasharot: pomidor kuyasi hamda tut parvonasiga qarshi yangi analog insektitsidlarni sinash natijalari keltirilgan. Tajribalar asosida pomidor kuyasiga qarshi: Roklim Duo va …
-
БИОЛОГИЧЕСКАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРЕПАРАТА МАТРИН БИО 0,5% В.Р. ПРОТИВ ГРОЗДЕВОЙ ЛИСТОВЁРТКИ (LOBESIA BOTRANA DEN. & SCHIFF.) В ВИНОГРАДНИКАХ
Убайдуллаев Сардор
Ushbu maqolada tokzorlarda uchraydigan shingil barg o‘rovchisi (Lobesia botrana Den. & Schiff.) ga qarshi Matrin Bio 0,5% s.e. preparatini qo‘llashning biologik samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotlar Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan “Baynalminal …
-
G‘O‘ZADA “TRUST KK” SUS.K. INSEKTITSIDINI G‘O‘ZA TUNLAMI ZARARKUNANDASIGA QARSHI BIOLOGIK SAMARADORLIGINI ANIQLASH
Durshimbetov Ispandiyar, Xabipnazarov Polat
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani sharoitida g‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera Hübner)ga qarshi "TRUST KK" sus.k. insektitsidining biologik samaradorligi o‘rganildi. Dala tajribalari preparatning 0,15 va 0,20 l/ga me'yorlarida olib borildi …
-
KUNJUT TILLAQO‘NG‘IZIGA QARSHI OLTINKO‘Z ENTOMOFAGINING SAMARADORLIGI
Nosirova Zarifaxon, Nasimov Axrorxon, O‘razboyeva Mohichehra
Kanakunjut ekinining O‘zbekiston hududida uchraydigan zararkunandalaridan kunjut poya tillaqo‘ng‘iziga qarshi oltinko‘z entomofagini qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba natijalarining tahlili keltirilgan. Entomofag qo‘llanilgandan so‘ng zararkunandaning soni bir tekis kamayib borganligi qayd etilgan …
-
EMAN (QUERCUS L.) TURKUMIGA MANSUB DARAXT KO‘CHATLARIDA SARIQ EMAN SHIRASI (TUBERCULATUS QUERCUS) GA QARSHI FITOVERM BIOLOGIK PREPARATINING SAMARASI
Allayarov Nodirjon, Suyunova Gulnora, Ortiqov Navro‘z
Mazkur maqolada 2026-yil Darhon ilmiy-tajriba xo‘jaligida parvarishlanayotgan eman (Quercus L.) turkumiga mansub daraxt ko‘chatlarining asosiy zararkunandasi sariq eman shirasi (Tuberculatus quercus) ga qarshi Fitoverm, 5 % biologik preparatining samarasi o‘rganilganda, …
-
ERTA PISHAR KARTOSHKA NAVLARIDA KULTIVATSIYA VA TUPROQ UYISHNING KARTOSHKA KUYASI (Phthorimaea operculella Zell.) ZARARLANISHIGA TA’SIRI
Shukurov Abdumalik
Ushbu tadqiqot erta pishar kartoshka navlarida kultivatsiya va tuproq uyishning kartoshka kuyasi (Phthorimaea operculella Zell.) zararlanishiga ta‘sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tajriba umumiy 30 sotix maydonda, 6 ta variant — 3 ta …
-
SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA TAMAKI AGROTSENOZIDA FITOPATOGEN ZAMBURUG‘LARNING TUR TARKIBI
Mamasaliyev Ilxom, Ergashev Shavkat, Fayzullayev Burxon
Ushbu maqolada tajriba dalasidan tamakining ildiz chirish kasalliklari bilan zararlangan ko‘chat namularini olib kelish, laboratoriya sharoitida ular orasidan kasallik qo‘zg‘atuvchini turlarni ajratib olish, ularni tur tarkibini o‘rganish, hamda sistematikasi asosida …
-
KUZGI BUG‘DOYNING CHANG VA QATTIQ QORAKUYA KASALLIKLARIGA QARSHI “GRANDSIL 6% SUS.K.” PREPARATINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Karimov Nurbek, Uzaqov Fazlidin
Ushbu tadqiqotda kuzgi bug‘doyda keng tarqalgan chang qorakuya (Ustilago tritici) va qattiq qorakuya (Tilletia spp.) kasalliklariga qarshi “Grandsil 6% sus.k.” fungitsid preparatining biologik samaradorligi ilmiy asosda baholandi. Tajribalar natijasida preparat …
-
ENDOFIT ACHITQILAR YORDAMIDA MEVA-SABZAVOTLARNING HOSILINI SAQLASH MUDDATINI UZAYTIRISH ISTIQBOLLARI
Shodiyeva Dildora, Abdulmyanova Liliya
O'zbekistonda meva va sabzavot mahsulotlarini saqlash vaqtida yo'qotish asosan fitopatogen zamburug'lar tufayli 20-30% ni tashkil qiladi. Ushbu tadqiqotda Pichia, Metschnikowia va Hanseniaspora endofit achitqilarining shtammlari in vitro sharoitida Fusarium oxysporum …
-
G‘O‘ZADA FIZIOLOGIK JARAYONLAR REGULYATSIYASI VA DEFOLIATSIYANI OPTIMALLASHTIRISH
Musayeva Gulbaxor, Abduraxmonov Diyorjon, Isroilov Dostonbek
Ushbu maqolada g‘o‘zada fiziologik jarayonlar regulyatsiyasi va defoliatsiyani optimallashtirish masalalari o‘rganildi. Dala tajribalari asosida defoliatsiya jarayonining o‘simlikning fiziologik holati va ko‘saklarning ochilishiga ta’siri tahlil qilindi. Defoliatsiyani optimal muddat va me’yorlarda …
-
BUG‘DOYDA BRONATE ULTRA 70% EC (“SIFAT AGRO-VET HIMOYA” XK, O‘ZBEKISTON) GERBITSIDINI BIR YILLIK IKKI PALLALI BEGONA O‘TLARGA QARSHI SAMARADORLIGINI ANIQLASH
Jamolov Axadjon, Imomaliyev Erali, To‘ychiyev Xojimurod, Raxmonov Jalil
Ushbu maqolada kuzgi bug‘doy ekinlarida bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi Bronate Ultra 70% em.k. gerbitsidining biologik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar Farg‘ona viloyati sharoitida dala tajribalari asosida olib borildi. Preparatning …
-
KUZGI BUG‘DOYDA ILDIZDAN TASHQARI OZIQLANTIRISHNING HOSILDORLIK VA HOSIL STRUKTURASIGA TA’SIRI
Esirgapova Nigina
Ushbu maqolada kuzgi bug‘doyda ildizdan tashqari oziqlantirishning hosil strukturasi va hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tajriba Sirdaryo viloyati sharoitida olib borildi. Natijalar foliar oziqlantirish boshoqdagi donlar soni, 1000 dona vazni va umumiy …
-
NO‘XAT HOSILDORLIGIGA KASALLIK TURLARINING ZARARI
Raxmonov Jalil, Bababekov Qalandar, Razzokova Nazigul, Alamuratov Rayimjon, Xaytbaeva Nodira, Rasulova Madina
Maqolada lalmikor maydonlarda no‘xat ekinida uchraydigan un shudring, fuzarioz so‘lish va askoxitoz kasalliklarning tarqalishi monitoring qilingan. Bu kasalliklar o‘simlikning rivojlanishini sekinlashtirib, hosildorlikka 45-50% gacha zarar yetkazishi olib borilgan tajribalarda kuzatilgan. …
-
NO‘XAT (CICER ARIETINUM L.) NAVLARIDA GERBITSID VA BIOSTIMULYATORLARNI KETMAKET QO‘LLASHNING VEGETATSIYA DAVRI VA HOSIL ELEMENTLARIGA TA’SIRI
Yo‘ldoshev Abdulaziz, Turdiyeva Nilufar
Ushbu maqolada no‘xatning “Zumrad” va “Polvon” navlarida gerbitsidlar (pendimetalin, prometrin va imazapyr asosidagi preparatlar) hamda “Ekobiosfera Organik plyus” biostimulyatorini ketma-ket qo‘llashning vegetatsiya davri davomiyligi va hosil elementlariga ta’siri o‘rganildi. 2022–2024-yillarda …
-
SOYA (GLYCINE MAX (L.) MERR.) XORIJIY KOLLEKSIYA NAMUNALARI ASOSIDA YARATILGAN YANGI TIZMALARNING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI VA ULARNING KORRELYATSION TAHLILI
Xudoyberdiyeva Nargiza, Rahmonqulov Murod
Ushbu tadqiqotda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti xorijiy kolleksiyasidagi 27 ta xorijiy soya nav namunalari asosida yaratilgan 8 ta istiqbolli tizmaning qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganildi. Tajribalar 2022–2024-yillarda Toshkent viloyatining tipik …
-
MOYLI ZIG‘IR NAVLARINI EKISH MUDDATLARI VA EKISH ME’YORLARINING O‘SIMLIK BO‘YI BALANDLIGI VA BARG SONIGA TA’SIRI
Maxammadiyeva Adiba, Sattarov Isroil, Mavlanov Laziz
Maqolada moyli zig‘ir (Linum usitatissimum L.) o‘simligining Bahorikor va Lalmikor navlarini turli muddatlarda (01-10 mart, 11-20 mart va 21–30 mart) hamda turli ekish me’yorlarida (3,5; 4,0 va 4,5 mln dona/ga) …
-
ISSIQXONA SHAROITIDA SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARIDA ALMASHINUVCHI KALIY (K₂O) DINAMIKASIGA O‘G‘ITLARNING TA’SIRI
Sanakulov Akmal, Islomov Asqarjon
Ushbu maqolada issiqxona sharoitida sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda almashinuvchi kaliy (K₂O) miqdorining vegetatsiya davomida o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar uch yillik tajribalar asosida olib borilib, turli o‘g‘it tizimlarining kaliy rejimiga ta’siri …