AGRO KIMYO HIMOYA
2-maqola

BUG‘DOYDA BRONATE ULTRA 70% EC (“SIFAT AGRO-VET HIMOYA” XK, O‘ZBEKISTON) GERBITSIDINI BIR YILLIK IKKI PALLALI BEGONA O‘TLARGA QARSHI SAMARADORLIGINI ANIQLASH

Jamolov Axadjon
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0004-7368-9467
Imomaliyev Erali
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0003-1497-9387
To‘ychiyev Xojimurod
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
Raxmonov Jalil
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0000-6770-7252

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada kuzgi bug‘doy ekinlarida bir yillik ikki pallali&nbsp;begona o‘tlarga qarshi Bronate Ultra 70% em.k. gerbitsidining biologik&nbsp;samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar Farg‘ona viloyati sharoitida dala tajribalari&nbsp;asosida olib borildi. Preparatning 0,5 l/ga me’yorda qo‘llanilishi natijasida sho‘ra,&nbsp;olabo‘ta, sariq o‘t va bo‘ritaroq kabi begona o‘tlar soni sezilarli darajada kamayib,&nbsp;o‘rtacha 87,6% biologik samaradorlik qayd etildi. Preparat bug‘doy o‘simligiga&nbsp;fitotoksik ta’sir ko‘rsatmaganligi aniqlandi. Olingan natijalar Bronate Ultra 70%&nbsp;em.k. gerbitsidini kuzgi bug‘doy ekinlarida bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi samarali qo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi.&nbsp;</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Chop etilgan: 22.06.2026