2-maqola

ERTA PISHAR KARTOSHKA NAVLARIDA KULTIVATSIYA VA TUPROQ UYISHNING KARTOSHKA KUYASI (Phthorimaea operculella Zell.) ZARARLANISHIGA TA’SIRI

Shukurov Abdumalik
Samarqand davlat universiteti
ORCID: 0009-0005-8025-9438

Abstract

Ushbu tadqiqot erta pishar kartoshka navlarida kultivatsiya va tuproq uyishning kartoshka kuyasi (Phthorimaea operculella Zell.) zararlanishiga ta‘sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tajriba umumiy 30 sotix maydonda, 6 ta variant — 3 ta nazorat va 3 ta kultivatsiya hamda tuproq uyish varianti shaklida o‘tkazildi. Har bir variantdan olingan hosilning 10 foizi namunaviy tekshiruvdan o‘tkazildi. Nazorat variantlarida zararlanish ozroq miqdorda aniqlangan bo‘lsa, kultivatsiya va tuproq uyish variantlarida kartoshka kuyasi umuman aniqlanmadi. Olingan natijalar kultivatsiya va tuproq uyishning Phthorimaea operculella ga qarshi yuqori agrotexnik samaradorligini isbotlaydi.

How to cite

GOSTShukurov A. ERTA PISHAR KARTOSHKA NAVLARIDA KULTIVATSIYA VA TUPROQ UYISHNING KARTOSHKA KUYASI (Phthorimaea operculella Zell.) ZARARLANISHIGA TA’SIRI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/1648/.
APAShukurov A. (2026). ERTA PISHAR KARTOSHKA NAVLARIDA KULTIVATSIYA VA TUPROQ UYISHNING KARTOSHKA KUYASI (Phthorimaea operculella Zell.) ZARARLANISHIGA TA’SIRI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://agrokarantin.uz/articles/1648/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026