TRANSGEN BACILLUS THURINGIENSIS (BT) G‘O‘ZA JORIY ETILISHIDA IKKILAMCHI ZARARKUNANDALARNING KO‘PAYISHI VA AGROEKOLOGIK XAVF TAHLILI

Imomaliyev Erali
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0003-1497-9387
Jamolov Axadjon
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0004-7368-9467
Abdurahimov Diyorbek
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0004-5366-9901

Abstract

Ushbu tadqiqotda Bt asosidagi g‘o‘za ekinlarining turli zararkunandalarga uzoq muddatli ta’siri tahlil qilingan. Bt g‘o‘za Helicoverpa armigeraga qarshi yuqori samaradorlik ko‘rsatib, insektitsidlar qo‘llanilishini sezilarli darajada kamaytirib agrotexnik jihatdan samarali yechim sifatida ko’rilmoqda. Biroq, Xitoy tajribasi asosida olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, bt g’o’za maydonlarida insektitsid qo’llanishining kamayishi ortidan mirid qandalalari (Miridae) populyatsiyasi ortib borgan va ayrim sharoitlarda ular ikkilamchi zararkunandadan asosiy zararkunanda darajasiga ko‘tarilishi va bu jarayonning tabiiy muvozanatning buzilishiga olib kelgan. Bu esa O‘zbekistonda yildan-yilga bt g’o’za ekilayotgan hududlar ortib borayotgan sharoitda zararkunandalar monitoringini kuchaytirish, populyatsiya dinamikasini muntazam kuzatish hamda uyg'unlashgan qarshi kurash (IPM) tizimini ilmiy asosda takomillashtirishni talab etadi.

How to cite

GOSTImomaliyev E., Jamolov A., Abdurahimov D. TRANSGEN BACILLUS THURINGIENSIS (BT) G‘O‘ZA JORIY ETILISHIDA IKKILAMCHI ZARARKUNANDALARNING KO‘PAYISHI VA AGROEKOLOGIK XAVF TAHLILI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – DOI: 10.63241/akhvvol120y2026iss5m15.
APAImomaliyev E., Jamolov A., Abdurahimov D. (2026). TRANSGEN BACILLUS THURINGIENSIS (BT) G‘O‘ZA JORIY ETILISHIDA IKKILAMCHI ZARARKUNANDALARNING KO‘PAYISHI VA AGROEKOLOGIK XAVF TAHLILI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://doi.org/10.63241/akhvvol120y2026iss5m15
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026