2-maqola

KUNJUT TILLAQO‘NG‘IZIGA QARSHI OLTINKO‘Z ENTOMOFAGINING SAMARADORLIGI

Nosirova Zarifaxon
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0000-0001-7208-9241
Nasimov Axrorxon
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0007-2521-5082
O‘razboyeva Mohichehra
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0005-4259-4956

Abstract

Kanakunjut ekinining O‘zbekiston hududida uchraydigan zararkunandalaridan kunjut poya tillaqo‘ng‘iziga qarshi oltinko‘z entomofagini qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba natijalarining tahlili keltirilgan. Entomofag qo‘llanilgandan so‘ng zararkunandaning soni bir tekis kamayib borganligi qayd etilgan bo‘lib, bu kunjut tillaqo‘ng‘iziga qarshi kurash chorasi ijobiy samara berganligi ko‘rsatilgan. Bunda erishilgan biologik samaradorlikning qiymati 30 kun o‘tib 50% gacha yetgan. Zararkunandaning mavjudligi kanakunjut ekinining biologik ko‘rsatkichlariga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatgan. Bunda o’sish sur’ati bo‘yicha 19%, poyasining kengayishi bo‘yicha esa 20% ortda qolib ketgan. Entomofag qo‘llanilgan variantlarda esa bu ko‘rsatkichlar bir oz kichikroq qiymatlarni, ya’ni ushbu ko‘rsatkichlar mos holda 12% va 7% ni tashkil qilgan.

How to cite

GOSTNosirova Z., Nasimov A., O‘razboyeva M. KUNJUT TILLAQO‘NG‘IZIGA QARSHI OLTINKO‘Z ENTOMOFAGINING SAMARADORLIGI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/1642/.
APANosirova Z., Nasimov A., O‘razboyeva M. (2026). KUNJUT TILLAQO‘NG‘IZIGA QARSHI OLTINKO‘Z ENTOMOFAGINING SAMARADORLIGI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://agrokarantin.uz/articles/1642/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026