Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
BRAKONNI KO‘PAYTIRISH QURILMASINI YARATISH
Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, Baxodirov Ulug‘bek Zokirjon o‘g‘li
Maqolada Bracon hebetor Say parazitini ommaviy ko‘paytirish, saqlash va qo‘llash samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan yangi konstruksiyadagi qurilmaning tuzilishi va texnologik imkoniyatlari bayon etilgan. Qurilma katta mum parvonasi (Galleria mellonella …
-
YONG‘OQ BIOTSENOZIDA TENGSIZ IPAKCHIGA QARSHI QO‘LLANILADIGAN AYRIM INSEKTITSIDLAR HAMDA ULARNING PARAZIT ENTOMOFAGLARGA TA’SIRI
NAZAROV SHAXZOD RUSTAM O‘G‘LI, BOQIEVA MARIYAM BOZOROVNA
Mazkur maqolada Toshkent viloyatining Qibray va Bo‘stonliq tumanlari yong‘oq agrobiotsenozlarida tarqalgan asosiy so‘ruvchi zararkunandalarning tur tarkibi, tarqalishi va mavsumiy rivojlanish xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Insecta va Arachnida sinflariga mansub, Hemiptera …
-
SHIRIN MAKKAJO‘XORI AGROBIOTSENOZIDAGIKEMIRUVCHI DOMINANT TURLARNIBIOEKOLOGIYASI, ZARARI VA BIOLOGIK QARSHIKURASH SAMARADORLIGI
Fayzullayev Burxon, Bababekov Qalandar, Ergashev Shavkat, Murodov Inomjon
Maqolada makkajo‘xori parvonasi qurtlari bioekalogiyasi, zarari hamda ular sonini boshqarishda va unga qarshi biologik kurashda trixagramma (Trichogramma chilonis) entomofagidan foydalanish uchun o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
-
TEXNIK KANNABIS (Cannabis sativa L.) NING KEMIRUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KIMYOVIY KURASH CHORALARI
Sharofboyeva Mahliyo, Umurzakov Elmurod
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati Xovos tumani agroiqlim sharoitida texnik kannabis (Cannabis sativa L.) agrobiotsenozida uchraydigan asosiy kemiruvchi zararkunanda — Helicoverpa armigera Hübner ning rivojlanish dinamikasi, zararlash xususiyatlari hamda unga qarshi …
-
SHIRIN QALAMPIR AGROBIOTSENOZIDAGI SHIRALARNING BIOEKOLOGIYASI, RIVOJLANISHI VA ZARARI
Qosimova Muxarramxon, Raximov Ixtiyorjon
Ushbu maqolada shirin qalampir (Capsicum annuum) agrobiotsenozida uchraydigan shiralar (Aphididae)ning bioekologik xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va o‘simlikka yetkazadigan zarari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida shiralar populyatsiyasining mavsumiy o‘zgarishi, ularning tarqalish omillari hamda o‘simlikning …
-
UKROP (ANETHUM) NING RIVOJLANISH DAVRIDA ZARARKUNANDALAR ZICHLIGINING O‘ZGARISHINI ANIQLASHNING AMALIYOTDAGI AHAMIYATI
Xo‘jayev Mansur
Mazkur maqolada Surxondaryo sharoitida ukrop agrobiotsenozida uchraydigan zararkunandalar tur tarkibi, tarqalishi va bioekologiyasini o‘rganish natijalari keltirilgan. Shuningdek, o‘simlikning rivojlanish fazalari bo‘yicha zararkunandalarning zichligida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar xususiyatini aniqlash bo‘yicha ilk …
-
TUPROQ ENTOMOPATOGEN NEMATODALARINI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI SAMARADORLIGI
Anorbayev Azimjon, Qurbonova Nafosat, Karimova Rixsiniso
Mazkur tadqiqotda tuproq entomopatogen nematodalarini dala va laboratoriya sharoitida samarali aniqlash hamda ajratib olish uchun ishlab chiqilgan portativ qurilmaning texnologik imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida turli agrobiotsenozlardan tuproq namunalari yig‘ilib, ulardan …
-
MALHAMCHI QO‘NG‘IZLAR VA ULARNING AGROBIOTSENOZDAGI AHAMIYАTI
Tufliyev Nodirbek, Jononova Ra’no, Jalgasov Baxram
Maqolada Toshkent viloyatining turli agrobiotsenozlarida malhamchi qo‘ng‘izlarning tarqalishi turlari, va ularning fitofaglik hamda entomofaglik xususiyatlari to‘g‘risida tadqiqot natijalari yoritilgan.
-
QULUPNAY AGROBIOTSENOZIDA ASOSIY ZARARKUNANDALAR VA ULAR SONINI BOSHQARISHDAGI SAMARALI USULLAR
Saypiyeva Dildora
Bugungi kunda qulupnay (Fragaria spp.) yuqori iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan rezavor meva ekinlaridan biri bo‘lib, uning agrobiotsenozida zararkunanda hasharotlar hosildorlik va sifatga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Toshkent viloyati sharoitida 2022–2024-yillarda olib …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROIQLIM SHAROITIDA SUV VA QO‘RIQ DALALAR EKINZORLARIDA RIVOJLANADIGAN ZARARKUNANDALAR TURLARI GA QARSHI KURASH TADBIRLARI
Toreniyazov Elmurat, Reymov Axmet, Sultanbaeva Fatima
Maqolaga Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozi sharoitida suvda ekiladigan sholi va qo‘riqlikdagi kunjut o‘simliklarni biotsenozida rivojlanadigan zararkunandalar turlarini aniqlash, qarshi kurash tadbirlarini tashkillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar tahlillari kiritilgan. Sholi biotsenozining, kunjutdan ajralib …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROBIOTSENOZI SHAROITIDA SHAFTOLI DARAXTLARINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI, BIOEKOLOGIYASI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI
Toreniyazov Tileumurat
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrobiotsenozi sharoitida shaftoli daraxtlarida uchraydigan asosiy zararkunandalarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va rivojlanish dinamikasi o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida shaftoli shirasi (Myzodes persicae Sulzer) va katta shaftoli tana …
-
TARVUZ O‘SIMLIGI AGROBIOTSENOZIDA KASALLIKLARNI QO‘ZG‘ATUVCHI ZAMBURUG‘ TURLARI VA UCHRASH DARAJASI
Mirzaakbarova Yorqinoy
Mazkur maqolada tarvuz (Citrullus lanatus Tunb.) o‘simligi agrobiotsenozida uchraydigan asosiy zamburug‘li kasalliklar va ularning tarqalish darajasi o‘rganilgan. Tadqiqotlar Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “So‘qoq Zuhra Lola” fermer xo‘jaligida yetishtirilayotgan “Xazar” navli …
-
INFLUENCE OF ECOLOGICAL FACTORS ON THE FORMATION OF WHITEFLY (BEMISIA TABACI GENN.) POPULATIONS
Sulaymonov Botirjon, Turdimatova Nodira, Buronov Yusuf, Musurmonqulova Maftuna
Mazkur tadqiqotda Aleyrodidae oilasiga mansub oqkanotlar, xususan issiqxona oqkanoti (Trialeurodes vaporariorum West.) va g‘o‘za oqkanoti (Bemisia tabaci Genn.) populyatsiyalarining sabzavot va poliz ekinlari agrobiotsenozlarida shakllanishi hamda rivojlanishiga ekologik omillarning ta’siri …
-
MASS REARING, STORAGE TECHNOLOGY AND BIOLOGICAL EFFICIENCY OF GREEN LACEWING (CHRYSOPERLA CARNEA) IN AGROBIOCENOSES
Jumaev Rasul, Javliyev Sunnat
Mazkur tadqiqotda Chrysoperla carnea (Stephens) va Chrysopa septempunctata (Neuroptera: Chrysopidae) entomofaglarini laboratoriya va agrobiotsenoz sharoitida ommaviy ko‘paytirish, saqlash texnologiyasi hamda biologik samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Sitotroga cerealella (Olivier) asosida ko‘paytirish …
-
HYMENOPTERAN ENTOMOPHAGES IN VEGETABLE AGROBIOCENOSES OF UZBEKISTAN
Jumaev Rasul, Abdullayev Azizbek, Ergashov Sunnat
Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston sabzavot agrobiotsenozlarida tarqalgan Hymenoptera turkumiga mansub parazit entomofaglarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va trofik munosabatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Lepidoptera turkumiga mansub asosiy zararkunanda turlarning tabiiy kushandalari aniqlanib, …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROIQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA ZARARKUNANDALARGA QARSHI BIOLOGIK KURASHNING ISTIQBOLLARI
Toreniyazov Elmurat, Rozımova Amangul, Amaniyazov Islambek
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida qishloq xo‘jaligi ekinlarida tarqalgan asosiy zararkunandalarga qarshi biologik kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida entomoakarifaglarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari …
-
SABZAVOT AGROBIOTSENOZIDA SHIRALARNING PARAZIT ENTOMOFAGLARI VA ULARNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Rustamov Atxam, Ergashev Mirodil, Turdimatova Nodira
Maqolada sabzavot agrobiotsenozlarida uchraydigan o‘simlik shiralari paraziti Lysiphlebus fabarum Marsh ning biologik xususiyatlari, o‘simlik shiralari bilan zararlanish darajasi va yashovchanligi laboratoriya hamda dala sharoitlarida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tabiatdan yig‘ilgan …
-
SOYA AGROBIOTSENOZIDA MAVJUD TABIIY KUSHANDALARNING TURLARI VA TARQALISHI
Xolliyev Asamiddin, Xoliqova Marjona, Imomova Muqaddas
Maqolada soya agrobiotsenozida turli sistematik guruhlarga mansub entomofaglar mavjudligi aniqlangan. Ushbu tabiy kushandalar, qattiqqanotlilar (Coleoptera), yarimqattiqqanotlilar (Hemiptera), pardaqanotlilar (Hymenoptera), ikkiqanotlilar (Diptera) va to‘rqanotlilar (Neuroptera) turkumlariga mansub 10 ga yaqin foydali …
-
SOYA EKINIDA UCHRAYDIGAN SHIRALARGA QARSHI PREPARATLARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Xolliyev Asamiddin, Xoliqova Marjona
Ushbu maqolada Toshkent viloyati sharoitida soya ekinida uchraydigan shiralar zararkunandasiga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida Mekar, Asetaplan 200 SL va Agroplan neo preparatlarining turli me’yorlarda qo‘llanishi …
-
SOYA BIOTSENOZIDA PARAZIT-XO‘JAYIN MUNOSABATINING SHAKLLANISHI
Nasirov Baxtiyor, Irgasheva Nilufar
Ushbu maqolada dala sharoitda brakon parazitini o‘rta va katta yoshdagi g‘o‘za tunlami qurtlariga qarshi turli nisbatlarda qo‘llashga doir tajribalarimiz natijalari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.