AGRO KIMYO HIMOYA
2-maqola

QORAQALPOG‘ISTON AGROBIOTSENOZI SHAROITIDA SHAFTOLI DARAXTLARINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI, BIOEKOLOGIYASI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI

Toreniyazov Tileumurat
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
ORCID: 0009-0006-8104-2553

Annotatsiya

<p>Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi&nbsp;agrobiotsenozi sharoitida shaftoli daraxtlarida uchraydigan asosiy&nbsp;zararkunandalarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va rivojlanish dinamikasi&nbsp;o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida shaftoli shirasi (Myzodes persicae Sulzer) va&nbsp;katta shaftoli tana shirasi (Pterochloroides persicae Cholodkovsky) iqtisodiy jihatdan eng muhim zararkunandalar ekanligi aniqlangan. Ularning mavsumiy rivojlanishi, zarar yetkazish darajasi hamda hosildorlikka ta'siri baholandi. Zararkunandalarga qarshi biologik va kimyoviy kurash usullarining samaradorligi aniqlanib, ularni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.</p> <p>&nbsp;</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Chop etilgan: 22.06.2026