TUPROQ ENTOMOPATOGEN NEMATODALARINI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI SAMARADORLIGI

Anorbayev Azimjon
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0000-0002-6867-1770
Qurbonova Nafosat
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0000-0003-2078-2997
Karimova Rixsiniso
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0006-3768-4479

Abstract

Mazkur tadqiqotda tuproq entomopatogen nematodalarini dala va laboratoriya sharoitida samarali aniqlash hamda ajratib olish uchun ishlab chiqilgan portativ qurilmaning texnologik imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida turli agrobiotsenozlardan tuproq namunalari yig‘ilib, ulardan entomopatogen nematodalarni ajratib olish, identifikatsiya qilish va laboratoriya sharoitida ko‘paytirish usullari takomillashtirildi. Ajratib olingan nematodalarining g‘o‘za agrobiotsenozida uchraydigan asosiy zararkunandalarga qarshi biologik samaradorligi baholandi. Tadqiqot natijalari portativ qurilmadan foydalanish entomopatogen nematodalarni qisqa muddatda, yuqori aniqlik va biologik faollikni saqlagan holda ajratib olish imkonini berishini ko‘rsatdi. Shuningdek, aniqlangan nematoda turlari zararkunandalar sonini kamaytirishda yuqori biologik samaradorlikka ega ekanligi qayd etildi. Olingan natijalar biologik kurash tizimini takomillashtirish va ekologik xavfsiz himoya texnologiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

How to cite

GOSTAnorbayev A., Qurbonova N., Karimova R. TUPROQ ENTOMOPATOGEN NEMATODALARINI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI SAMARADORLIGI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – DOI: 10.63241/akhvvol120y2026iss5m30.
APAAnorbayev A., Qurbonova N., Karimova R. (2026). TUPROQ ENTOMOPATOGEN NEMATODALARINI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI SAMARADORLIGI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://doi.org/10.63241/akhvvol120y2026iss5m30
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026