QULUPNAY AGROBIOTSENOZIDA ASOSIY ZARARKUNANDALAR VA ULAR SONINI BOSHQARISHDAGI SAMARALI USULLAR

Saypiyeva Dildora
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0009-7208-1691

Abstract

Bugungi kunda qulupnay (Fragaria spp.) yuqori iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan rezavor meva ekinlaridan biri bo‘lib, uning agrobiotsenozida zararkunanda hasharotlar hosildorlik va sifatga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Toshkent viloyati sharoitida 2022–2024-yillarda olib borilgan tadqiqotlarda qulupnayda eng xavfli zararkunandalar aniqlandi: Anthonomus terreus, Galerucella tenella, Melolontha melolontha, Tarsonemus pallidus, Tetranychus urticae, Aphididae, Aleurodidae, Agriolimax agrestis va Agrotis segetum & A.exclamationis. Ular turlarga qarab gul, barg, poya va ildiz organlariga zarar еtkazadi, shu bilan birga fotosintez va fiziologik holatni susaytirish orqali hosilning kamayishiga olib keladi. Tadqiqotda agrotexnik va biologik usullarni uyg‘unlashtirgan integral zararkunandalarni boshqarish choralari samaradorligi ilmiy asosda baholandi.

How to cite

GOSTSaypiyeva D. QULUPNAY AGROBIOTSENOZIDA ASOSIY ZARARKUNANDALAR VA ULAR SONINI BOSHQARISHDAGI SAMARALI USULLAR // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – DOI: 10.63241/akhvvol120y2026iss5m45.
APASaypiyeva D. (2026). QULUPNAY AGROBIOTSENOZIDA ASOSIY ZARARKUNANDALAR VA ULAR SONINI BOSHQARISHDAGI SAMARALI USULLAR. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://doi.org/10.63241/akhvvol120y2026iss5m45
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026