AGRO KIMYO HIMOYA

SOYA EKINIDA UCHRAYDIGAN SHIRALARGA QARSHI PREPARATLARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI

Xolliyev Asamiddin
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0007-5300-0062
Xoliqova Marjona
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0002-5470-3599

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada Toshkent viloyati sharoitida soya ekinida uchraydigan shiralar zararkunandasiga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida Mekar, Asetaplan 200 SL va Agroplan neo preparatlarining turli me’yorlarda qo‘llanishi natijasida zararkunandalar sonining kamayishi hamda preparatlarning biologik samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Olingan natijalar asosida soya agrobiotsenozida shiralarni samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Chop etilgan: 01.06.2026