Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
G‘O‘ZANING YANGI TIZMA VA NAVLARINI VILT KASALLIGIGA BARDOSHLIGI
Marupov Abbosxon, Turamuratova Gulshoda, Maxmudov Murodjon, Boboyev Yashin
Seleksioner olimlar keyingi ishlarpda vilt kasalligini qo‘zg‘atuvchi uchta zamburug‘lariga bardoshli navlarni yaratishda F9 S -8292 x Guliston tizmasidan foydalanishlarini tavsiya qilamiz.
-
KUZGI BUG‘DOYDA ILDIZDAN TASHQARI OZIQLANTIRISHNING HOSILDORLIK VA HOSIL STRUKTURASIGA TA’SIRI
Esirgapova Nigina
Ushbu maqolada kuzgi bug‘doyda ildizdan tashqari oziqlantirishning hosil strukturasi va hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tajriba Sirdaryo viloyati sharoitida olib borildi. Natijalar foliar oziqlantirish boshoqdagi donlar soni, 1000 dona vazni va umumiy …
-
KUZGI BUG‘DOYDA BIR YILLIK BOSHOQLI BEGONA O‘TLARGA QARSHI YANGI STARWIN SUPER 30%, EM.K. PREPARATINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Djumaniyazov Mardon, Jumamuratov Ulug‘bek
Qishloq xo‘jaligida g‘alla maydonlardagi bir yillik boshoqli begona o‘tlarga yangi turdagi gerbitsidlarni sinovdan o‘tkazish va biologik samaradorligini aniqlash.
-
RIJIK O‘SIMLIGINI YETISHTIRISHDA OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING DON HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
O‘rinova Gulnora
Mazkur maqolada rijik (Camelina sativa) o‘simligini yetishtirishda mineral o‘g‘itlar me’yorlarining o‘sish va rivojlanish jarayonlariga, qishga chidamliligiga hamda don hosildorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda Penziyak va Karat navlarida azot, fosfor va kaliy …
-
RIJIK (CAMELINA SATIVA) EKININI O‘G‘ITLASHNING URUG‘ HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
O‘rinova Gulnora
Maqolada rijikning Penzyak va Karat navlarida turli meʼyordagi azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning urug‘ hosildorligiga taʼsiri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari maʼdan o‘g‘itlarni qo‘llash hosildorlikni sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Eng yuqori …
-
SHOLI NAVLARINING POYA BALANDLIGIGA MIKROO‘G‘ITLAR QO‘LLASHNING TA’SIRI
Meyliyeva Nargiza, Urazmetov Qahramon
Ushbu maqolada sholi navlarini turli mikroelementlarning har xil me’yorlarida oziqlantirilganda poya balandligiga ta’siri bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lib, Mustaqillik navining pishish davrida fon variantida poya balandligi 125,2 sm, …
-
NO‘XAT HOSILDORLIGIGA KASALLIK TURLARINING ZARARI
Raxmonov Jalil, Bababekov Qalandar, Razzokova Nazigul, Alamuratov Rayimjon, Xaytbaeva Nodira, Rasulova Madina
Maqolada lalmikor maydonlarda no‘xat ekinida uchraydigan un shudring, fuzarioz so‘lish va askoxitoz kasalliklarning tarqalishi monitoring qilingan. Bu kasalliklar o‘simlikning rivojlanishini sekinlashtirib, hosildorlikka 45-50% gacha zarar yetkazishi olib borilgan tajribalarda kuzatilgan. …
-
NO‘XAT (CICER ARIETINUM L.) NAVLARIDA GERBITSID VA BIOSTIMULYATORLARNI KETMAKET QO‘LLASHNING VEGETATSIYA DAVRI VA HOSIL ELEMENTLARIGA TA’SIRI
Yo‘ldoshev Abdulaziz, Turdiyeva Nilufar
Ushbu maqolada no‘xatning “Zumrad” va “Polvon” navlarida gerbitsidlar (pendimetalin, prometrin va imazapyr asosidagi preparatlar) hamda “Ekobiosfera Organik plyus” biostimulyatorini ketma-ket qo‘llashning vegetatsiya davri davomiyligi va hosil elementlariga ta’siri o‘rganildi. 2022–2024-yillarda …
-
TAKRORIY EKIN SIFATIDA PARVARISHLANGAN MAKKAJO‘XORIDA QO‘LLANILGAN MINERAL O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING SAMARADORLIGI
Ibragimov Nazirbay, Ruzimov Jumanazar, Kuryozov Izzatbek
Ushbu maqolada Xorazm viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy o‘rimidan so‘ng takroriy ekin sifatida parvarishlangan makkajo‘xorida turli me’yorlarda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarning PFP (Partial Factor Productivity) ko‘rsatkichiga ta’siri bo‘yicha …
-
MOYLI ZIG‘IR NAVLARINI EKISH MUDDATLARI VA EKISH ME’YORLARINING O‘SIMLIK BO‘YI BALANDLIGI VA BARG SONIGA TA’SIRI
Maxammadiyeva Adiba, Sattarov Isroil, Mavlanov Laziz
Maqolada moyli zig‘ir (Linum usitatissimum L.) o‘simligining Bahorikor va Lalmikor navlarini turli muddatlarda (01-10 mart, 11-20 mart va 21–30 mart) hamda turli ekish me’yorlarida (3,5; 4,0 va 4,5 mln dona/ga) …
-
ISSIQXONA SHAROITIDA SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARIDA ALMASHINUVCHI KALIY (K₂O) DINAMIKASIGA O‘G‘ITLARNING TA’SIRI
Sanakulov Akmal, Islomov Asqarjon
Ushbu maqolada issiqxona sharoitida sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda almashinuvchi kaliy (K₂O) miqdorining vegetatsiya davomida o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar uch yillik tajribalar asosida olib borilib, turli o‘g‘it tizimlarining kaliy rejimiga ta’siri …
-
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA ALMASHLAB EKISH TIZIMLARI VA TURLI OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING TUPROQ G‘OVAKLIGIGA TA’SIRI
Ismailov Dauletbay, Xalikov Baxodir
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘za, jo‘xori, kunjut, soya va mosh ishtirokidagi almashlab ekish tizimlari hamda turli mineral o‘g‘it me’yorlarining tuproq g‘ovakligiga ta’siri o‘rganildi. Tajribalar 2023-2024 yillarda olib …
-
SUG‘ORILADIGAN YERLARNING BARQAROR BOSHQARUVIDA RAQAMLI MONITORINGNING O‘RNI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)
Amrilloyev Azizjon, Akramov Islam, Nazarov Zavqiy
Ushbu maqolada Buxoro viloyatida sug‘oriladigan yerlarni raqamli texnologiyalar asosida monitoring qilish tizimini yaratish va uning iqtisodiy samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi an’anaviy monitoring usullarining kamchiliklarini bartaraf etish hamda GIS, Sentinel-2 …
-
OROL DENGIZINING QURIGAN TUBIDA MASOFADAN ZONDLASH VA GIS TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB TUPROQ TEKSTURASI, SHO‘RLANISHI VA VEGETATSIYA HOLATINI BAHOLASH
Xasanov Jamshid, Nurjanov Allabergen, Boymurodov Rifat, Shamuratova Nagima, Zinatdinov Nuratdin
Ushbu tadqiqotda masofadan zondlash va GIS texnologiyalari yordamida tadqiqot hududining tuproq teksturasi, sho‘rlanish darajasi va vegetatsiya holati baholandi. Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, SoilGrids va HWSD ma’lumotlaridan foydalanildi. USDA klassifikatsiyasi asosida …
-
YER RESURSLARINI MONITORING QILISHDA GIS VA MASOFADAN ZONDLASH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI
Shaudirbayeva Jarxinay
Maqolada yer resurslarini boshqarishda zamonaviy geoinformatsion tizimlar (GIS) va masofadan zondlash texnologiyalarining ahamiyati keng turda o‘rganildi va tahlil qilindi. Tadqiqot tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasining umumiy landshaft monitoringi Google Earth sun’iy yo‘ldosh …
-
INFLUENCE OF ECOLOGICAL FACTORS ON THE FORMATION OF WHITEFLY (BEMISIA TABACI GENN.) POPULATIONS
Sulaymonov Botirjon, Turdimatova Nodira, Buronov Yusuf, Musurmonqulova Maftuna
Mazkur tadqiqotda Aleyrodidae oilasiga mansub oqkanotlar, xususan issiqxona oqkanoti (Trialeurodes vaporariorum West.) va g‘o‘za oqkanoti (Bemisia tabaci Genn.) populyatsiyalarining sabzavot va poliz ekinlari agrobiotsenozlarida shakllanishi hamda rivojlanishiga ekologik omillarning ta’siri …
-
BIOECOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE MAIN PESTS OF HORSE CHESTNUT (AESCULUS HIPPOCASTANUM L.) AND INTEGRATED MANAGEMENT STRATEGIES
Yakubov Farrukh, Sherboboyev Ilhom
Ushbu maqolada soxta kashtani (Aesculus hippocastanum) daraxtining asosiy zararkunandalari, xususan, kashtan kuyasining (Cameraria ohridella) bioekologik xususiyatlari batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot davomida zararkunandaning rivojlanish sikli, populyatsiya dinamikasi va shahar ekotizimlaridagi tarqalishi …
-
MASS REARING, STORAGE TECHNOLOGY AND BIOLOGICAL EFFICIENCY OF GREEN LACEWING (CHRYSOPERLA CARNEA) IN AGROBIOCENOSES
Jumaev Rasul, Javliyev Sunnat
Mazkur tadqiqotda Chrysoperla carnea (Stephens) va Chrysopa septempunctata (Neuroptera: Chrysopidae) entomofaglarini laboratoriya va agrobiotsenoz sharoitida ommaviy ko‘paytirish, saqlash texnologiyasi hamda biologik samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Sitotroga cerealella (Olivier) asosida ko‘paytirish …
-
HYMENOPTERAN ENTOMOPHAGES IN VEGETABLE AGROBIOCENOSES OF UZBEKISTAN
Jumaev Rasul, Abdullayev Azizbek, Ergashov Sunnat
Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston sabzavot agrobiotsenozlarida tarqalgan Hymenoptera turkumiga mansub parazit entomofaglarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va trofik munosabatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Lepidoptera turkumiga mansub asosiy zararkunanda turlarning tabiiy kushandalari aniqlanib, …
-
EMPTY PESTICIDE CONTAINERS REVIEW
Babadjanov Jakhongir
Zamonaviy qishloq xo‘jaligida pestitsidlar qo‘llanilishining ortishi natijasida xavfli chiqindilar hajmi sezilarli darajada ko‘paydi, ayniqsa pestitsidlar uchun ishlatilgan bo‘sh idishlar shaklida bu holat ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu idishlarni noto‘g‘ri boshqarish inson …