Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
G‘O‘ZADAN ORGANIK PAXTA YETISHTIRISHDA ZARARKUNANDALARDAN HIMOYA QILISH USULI
Baltayev Botir
Maqolada g‘o‘za-g‘alla navbatlab ekish tizimida organik paxta yetishtirish jarayonida zararkunandalar sonini boshqarishning ekologik xavfsiz usullari yoritilgan. Zararkunandalarga qarshi kurashda agrotexnik, biologik va innovatsion himoya tadbirlarining samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, g‘o‘zaning …
-
XORIJIY G‘O‘ZA NAVIDA RETARDANT QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORLARI HAMDA SUG‘ORISH TARTIBINING KO‘CHAT QALINLIGIGA TA’SIRI
Xasanova Firyuza, Qarabayev Ikromjon, Atabayeva Ma’mura, Saydaliyev Begijon
Maqolada, Xorijiy g‘o‘za navini yetishtirishda nazariy ko‘chat qalinligi 220–240 ming tup/ga, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70–75–65% va entojan preparati 6 marotaba 10:15:45:90:90:120 g/ga me’yorlarda qo‘llanilganda ko‘chatlarning saqlanishi …
-
G‘O‘ZANING GOSSYPIUM BARBADENSE L. TURIGA MANSUB INGICHKA TOLALI “ITPITI-1” NAVINING BIRLAMCHI URUG‘CHILIGINI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Ochildiyev Najmiddin, Choriyeva Yulduz, Xudoynazarov Abdurashid, Mustofoqulov Abror
Ushbu ilmiy maqolada Gossypium barbadense L. turiga mansub ingichka tolali “ITPITI-1” g‘o‘za navining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, urug‘lik ko‘chatzorlarida olib borilgan seleksiya ishlari hamda navning genetik tozaligini saqlash va oshirish …
-
TURLI EKOLOGIK HUDUDLARDA YETISHTIRILGAN G‘O‘ZA TOLASINING TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARI
Rashidova Dilbar, Mamedov Normuxammad
Maqolada o‘rta tolali g‘o‘za navlari tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlar bo‘yicha olingan natijalarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Tadqiqotlarda Toshkent, Namangan va Xorazm viloyati sharoitida yetishtirilgan g‘o‘zaning Sulton, S-6524, Xorazm-127, S-5707, S-6575, S-6580, …
-
G‘O‘ZANING G.BARBADENSE L. TURIGA MANSUB ERTAPISHAR, HOSILDORLIGI VA TOLA CHIQIMI YUQORI NAVLARINI YARATISH UCHUN OTA-ONA JUFTLARINI TANLASH
Boyto‘rayeva Maftuna, Islamov Ilxom, Qarshiyeva Umida
Ushbu ishda Gossypium barbadense L. turiga mansub namunalar orasida ertapisharlik, yuqori hosildorlik va tola chiqimi kabi xo‘jalik jihatidan muhim belgilar bo‘yicha istiqbolli ota-ona shakllarni tanlash masalalari o‘rganildi. Tadqiqotlar dala sharoitida …
-
YUMSHOQ BUG‘DOYNING LALMIKOR YERLARDA STRESS OMILLARGA CHIDAMLI GENOTIPLARINI YARATISHDA SELEKSIYA NATIJALARI
Jo‘rayev Mamatqul, Shermatov Kamoliddin, Hoshimov Dilshod
Global iqlim o‘zgarishi ta’sirida O‘zbekistonda havo haroratining oshishi, yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi va yog‘ingarchilikning o‘simlik vegetatsiyasi davrida notekis taqsimlanishi, qishda qorli kunlarning kamayishi kuzatilmoqda. Tadqiqotlarda lalmi yerlarda bug‘doy genotiplarida boshoqlash fazasi …
-
SUYUQ AZOTLI O‘G‘ITLAR BILAN OZIQLANTIRISH ME’YOR VA MUDDATLARINI KUZGI BUG‘DOYNING POYA BALANDLIGIGA TA’SIRI
Saminov Avazbek
Maqolada suyuq azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yor va muddatlarini kuzgi bug‘doyga berilgan suspenziyalarni o‘simlikni o‘sib rivojlanishda, hamda ontogenez jarayonlarining ijobiy kechishi, o‘simlikda poya balandligi suyuq azotli o‘g‘itlar qo‘llanilmagan maydonlarga nisbatan …
-
ВЛИЯНИЕ СРОКОВ ПОСЕВА СЕМЯН НА УРОЖАЙНОСТЬ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ В ОРОШАЕМЫХ ПОЧВАХ
Мирзаева Мутабар, Тешабоев Нодирбек, Мухторова Мадина
Ushbu maqolada Markaziy Farg‘onadagi sug‘oriladigan o‘tloqli saz tuproqlarining unumdorligi, kuzgi bug‘doyning “Davr” navini yetishtirish va ekish vaqtining uning hosildorligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha dala tajribalari o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, sentyabr oyi boshida …
-
MINERAL VA ORGANIK OʻGʻITLARNING “AFRIKA TARIGʻI XASHAKI 1” NAVINI HOSILDORLIGIGA TAʻSIRI
Seytekova Miuagul, Namozov Normamat
Tadqiqotda mineral (N80P60K40, N100P75K50, N120P90K60) va organik (10 va 20 t/ga goʻng) oʻgʻitlarning alohida va birgalikda meʻyorlarining “Afrika tarigʻi – Xashaki 1” navi hosildorligiga taʻsiri oʻrganildi. Dala tajribalari 2022-2024 yillarda …
-
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA SHOLI (ORYZA SATIVA L.) NING “BILLUR” VA “ZIYNAT” NAVLARI O‘SISHI HAMDA RIVOJLANISHINING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Xojamkulova Yulduzoy, Abdullayev Anvar
Ushbu maqolada sholi (Oryza sativa L.) ning “Billur” va “Ziynat” navlarida suv balansi hamda fiziologik ko‘rsatkichlariga tashqi muhit omillarining ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida navlarning suv saqlash qobiliyati, transpiratsiya intensivligi …
-
MOSH YETISHTIRISHDA URUG’ EKISH HAMDA MA’DANLI O’G’ITLAR ME’YORLARINING KO’CHATLAR SAQLANUVCHANLIGIGA TA’SIRI
Shoymuradov Abror, Abdisolomova Iroda
Maqolada Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh ekish hamda mineral o’g’itlar bilan oziqlantirishni Durdona va Barqaror navlari uchun 76x5 ekish tizimi va N45P60K45 o’g’itlash me’yori eng samarali variant …
-
NO‘XAT NAVLARI HOSILDORLIGIGA EKISH MUDDATI VA SXEMALARINING TA’SIRI
Jabborov Farrux
Keyingi yillarda dunyo aholisi sonining izchil o‘sib borishi natijasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash global miqyosdagi dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Bu esa nafaqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, balki uning samaradorligini …
-
SOYA URUG‘LARIDAN OLINGAN SOYA SUTI VA TOFU MAHSULOTLARINING FIZIK-KIMYOVIY VA ORGANOLEPTIK KO‘RSATKICHLARINI QIYOSIY BAHOLASH
Ishniyazova Shaxista
Ushbu tadqiqotda soya urug‘laridan olingan soya suti va tofu mahsulotlarining fizik-kimyoviy, teksturaviy hamda organoleptik ko‘rsatkichlari qiyosiy baholandi. Tadqiqot ob’ekti sifatida Ilhom-6 va Fora soya navlari tanlandi va 2023-2025 yillar ma’lumotlari …
-
SOYАNING FUNKSIONAL MAHSULOTLARINI ANTIOKSIDANT FAOLLIK KO‘RSATKICHLARI
Ishniyazova Shaxista
Ushbu tadqiqotda fermentativ gidroliz sharoitida Ilhom-6 va Fora soya navlari urug‘larida antioksidant faollik ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqotda DPPH va FRAP ko‘rsatkichlari hamda ularning aglikon ulushi bilan bog‘lanishi baholandi. Natijalarga …
-
KUZGI TRITIKALE NAVLARINING KO‘CHAT SONIGA EKISH ME’YORLARI VA MA’DAN O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING TA’SIRI
Baxramova Nilufar, Azimova Muxayyo, Ergashev Rustam
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida kuzgi tritikalening “Sardor” va “Odisey” navlarida turli ekish hamda ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining dala unuvchanligi, qishga kirish oldi va qishdan keyingi ko‘chat soniga ta’siri o‘rganildi. …
-
RESURS TEJAMKOR VA “YASHIL” INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA SUG’ORILADIGAN TUPROQLARNI GUMUSGA BOYITISH
Sidikov Saidjon, Ermatova Munojat
Maqolada madaniy o‘simliklar qoldiqlaridan noan’anaviy o‘g‘itlar tayyorlash, noan’anaviy o‘g‘itlarning avzalliklari va ularni sug‘oriladigan tuproqlar gumusining miqdoriga ta’siri bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.
-
BUXORO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARDA SIDERAT EKINLARDAN FOYDALANISHNING AGROEKOLOGIK VA BIOLOGIK MELIORATIV SAMARADORLIGI: NAZARIY ASOSLAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Atayeva Zamira, Rajabova Gulxayo, Muhammadova Madinabonu
Maqolada Buxoro viloyati sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida siderat ekinlardan foydalanishning tuproq unumdorligini biologik usulda tiklash hamda meliorativ holatini yaxshilashdagi agroekologik samaradorligi bo‘yicha zamonaviy ilmiy qarashlar tizimli tahlil qilingan. Sug‘oriladigan …
-
SUV TANQISLIGI SHAROITIDA TAKRORIY EKINLARNI YЕTISHTIRISHDA SUV SARFINI OPTIMALLASHTIRISH YO‘LLARI (SOYA MISOLIDA)
Xodjayeva Nodira
Tadqiqotda suv tanqisligi sharoitida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekilgan soyaning "To‘maris" va "Vilana" navlarida resurstejamkor sug‘orish texnologiyalarining suv iste’moli hamda hosildorlikka ta’siri o‘rganilgan. Egatlab, egiluvchan quvurlar va tomchilatib sug‘orish usullari …
-
QASHQADARYO VILOYATI QAMASHI TUMANI LALMI TIPIK BO‘Z TUPROQLARINING SINGDIRISH SIG‘IMI VA SINDIRILGAN KATIONLAR TARKIBI
Shadiyeva Nilufar, Toshkanova Xulkar, Abidinova Laylo, Majidova Sarvinoz
Maqolada lalmi tipik bo‘z tuproqlarda an’anaviy ishlov berish va No-Till texnologiyasi sharoitida singdirish sig‘imi va singdirilgan kationlar tarkibiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Singdirish sig‘imi 10,5–12,7 mg/ekv/100 g oralig‘ida bo‘lib, No-Till sharoitida …
-
LALMI TIPIK BO‘Z TUPROQNING UMUMIY FIZIK XOSSALARIGA NO-TILL TEXNOLOGIYASINI TA’SIRI
Toshkanova Xulkar, Shadiyeva Nilufar, Majidova Sarvinoz, Abidinova Laylo
Mazkur maqolada lalmikor yerlarda qo‘llanilgan an’anaviy ishlov berish va No-Till texnologiyasini tipik bo‘z tuproqlarni umumiy fizik xossalarida kechayotgan o‘zgarishlari taqqoslangan. An’anaviy usulda ishlov berilganda tuproq zichlashib, uning zichligi 1,30-1,44 g/sm3 …