XORIJIY G‘O‘ZA NAVIDA RETARDANT QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORLARI HAMDA SUG‘ORISH TARTIBINING KO‘CHAT QALINLIGIGA TA’SIRI

Xasanova Firyuza
PSUEAITI
ORCID: 0000-0003-0696-7135
Qarabayev Ikromjon
PSUEAITI
ORCID: 0000-0002-8086-2289
Atabayeva Ma’mura
AndQXAI
Saydaliyev Begijon
AndQXAI
ORCID: 0009-0004-6218-9790

Abstract

Maqolada, Xorijiy g‘o‘za navini yetishtirishda nazariy ko‘chat qalinligi 220–240 ming tup/ga, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70–75–65% va entojan preparati 6 marotaba 10:15:45:90:90:120 g/ga me’yorlarda qo‘llanilganda ko‘chatlarning saqlanishi 3 marotaba qo‘llashga nisbatan 6,1 ming tup/ga yuqori bo‘lishi aniqlangan. Shuningdek, 150–160 ming tup/ga zichlikda va 65–70–60% namlik rejimida entojan 3 marotaba 10:45:90:90:120 g/ga me’yorlarda qo‘llanilganda ko‘chatlar saqlanishi 70–75–65% rejimga nisbatan 1,3–4,7 ming tup/ga past bo‘lgan. Natijalar sug‘orish rejimi va preparatni qo‘llash muddati ko‘chat qalinligini saqlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi.

How to cite

GOSTXasanova F., Qarabayev I., Atabayeva M., Saydaliyev B. XORIJIY G‘O‘ZA NAVIDA RETARDANT QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORLARI HAMDA SUG‘ORISH TARTIBINING KO‘CHAT QALINLIGIGA TA’SIRI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №4 (119). – DOI: 10.63241/akhvvol119y2026iss4m89.
APAXasanova F., Qarabayev I., Atabayeva M., Saydaliyev B. (2026). XORIJIY G‘O‘ZA NAVIDA RETARDANT QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORLARI HAMDA SUG‘ORISH TARTIBINING KO‘CHAT QALINLIGIGA TA’SIRI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 119(4). https://doi.org/10.63241/akhvvol119y2026iss4m89
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Published: 01.06.2026