AGRO KIMYO HIMOYA

YUMSHOQ BUG‘DOYNING LALMIKOR YERLARDA STRESS OMILLARGA CHIDAMLI GENOTIPLARINI YARATISHDA SELEKSIYA NATIJALARI

Jo‘rayev Mamatqul
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0002-2173-9886
Shermatov Kamoliddin
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0000-1653-7468
Hoshimov Dilshod
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0004-7915-4316

Annotatsiya

<p>Global iqlim o‘zgarishi ta’sirida O‘zbekistonda havo haroratining oshishi, yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi va yog‘ingarchilikning o‘simlik vegetatsiyasi davrida notekis taqsimlanishi, qishda qorli kunlarning kamayishi kuzatilmoqda. Tadqiqotlarda lalmi yerlarda bug‘doy genotiplarida boshoqlash fazasi bir-biridan katta farq qilishi kuzatildi, tadqiqotlarda o‘rganilgan navlarda boshoqlash fazasining erta muddatlarda bo‘lgan tizmalar aniqlanib, hosildorlikning kechpishar navlarga nisbatan past bo‘lishiga olib kelishi aniqlandi. Lekin, ayrim erta muddatlarda boshoqlagan navlarda don hosildorligi yuqori bo‘lganligi kuzatildi. Yumshoq bug‘doyning KSI-96/2024/Sp-1/447/2021 (Tagob), KSI-97/2024/Sp-1/834/2021 (Zartepa) kabi yangi navlari, Sp-1/382/2021 (earlyripe) tizmasi ertapishar Tezpishar andoza navdan 6 kun oldin boshoqlagan, lekin don hosildorligi ushbu navga nisbatan yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Shuningdek, tadqiqotlar davomida boshoqdagi don sonining ko‘pligi va 1000 dona don vaznining yuqori bo‘lishi boshqa mahsuldorlik elementlariga qaraganda hosildorlikning yuqori bo‘lishini ta’minlashi ma’lum bo‘ldi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Chop etilgan: 01.06.2026